Microsoft London markazida ulkan Surface 2 planshetni o`rnatdi

Microsoft London markazida ulkan Surface 2 planshetni o`rnatdi

Sayohatchilari uchun mashhur bo`lgan Londonning Trafal`gar maydonidagi Nel`son kolonnasi yoniga 383-dyuymli planshet komp`yuter o`rnatildi.

Ushbu planshetning eni 8,2 metr va balandligi 5,1 metr tashkil etadi. Shuningdek 383 dyuymli ekranga ega. Ushbu konstruktsiya 12 soat ichida o`rnatildi.

Undan tashqari TypeCover2 klaviaturasi ham o`rnatilgan. Ushbu klaviaturada o`quvchilar ham foydalanishlari mumkin. O`z navbatida, jurnalistlar ham Windows 8 uchun o`rnatilgan Twitter ishlarini tekshirishdi, hattoki xabar qoldirishga ham ega bo`lishdi va xammasi juda yaxshi ishlaydi degan natijaga kelishdi.

Har kuni Trafal`gar maydoniga ko`plab sayohlar keladi, shu bois Microsoft ulkan “Surface” uchun aynan shu joyni tanlangan. Sababi Buyuk Britaniyada ushbu planshet savdolari shu haftada boshlandi. Kompaniya esa “Surface 2” planshetini reklama qilish uchun joy tanlashda adashmadi.

383-dyuymli Surface shaharning markazida qancha vaqt turishi hozircha ma`lum emas.

Planshetni o`rnatish va ishlashini ushbu video orqali ko`rishingiz mumkin:

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Faruh

    Zo’r

  2. Исмингиз

    xa oddiy reklamasi qimmatga tushkan kere )))

  3. jahon

    zor qilishdi,manga yoqdi. odamlar endi shunday katta plashetda saqrab-saqrab mazza qilsalar kere

  4. Исмингиз

    meni xam uni saqrab-saqrab boskim kevotti )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social