Microsoft noutbuklarning ishlash vaqtini uzaytirmoqchi

Microsoft noutbuklarning ishlash vaqtini uzaytirmoqchi

Microsoft laboratoriyasida doimo yangi texnologiyalar yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Ammo loyihalarning hammasi ham ommaga ko`rsatilavermaydi, lekin yaqinda kompaniya yana bitta texnologiya haqida aytib o`tdi. Gap noutbuklarning avtonom ishlash vaqtini uzaytirish loyihasi bo`yicha boryapti.

Tadqiqotchilar yangi “aqlli” dasturiy ta`minotni o`ylab topishdi va bu noutbuk va platshetlarning batareyalarini ko`proq ishlashini ta`minlaydi. Yangi loyiha “Software Defined Batteries” nomiga ega bo`ldi, u o`zida har hil batareyalarni mujassamlashtirgan bo`lib, turli hil vazifalarga bo`lingan bo`ladi. Foydalanuvchi harakatlarini bilib turib tizim batareya ishlash vaqtini cho`zishi mumkin.

Afsuski, Microsoft xodimlari qachon biz ushbu texnologiyani moslamalarimizda ko`rishimiz haqida hech qanday ma`lumot bermadilar.

Manba: game2day.org

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social