MWC 2019: yilning eng yaxshi smartfonini tanladi

MWC 2019: yilning eng yaxshi smartfonini tanladi

Barselonada bo’lib o’tgan Mobile World Congress (MWC) 2019 xalqaro mobil elektronika ko’rgazmasining tashkilotchilari “Yilning eng yaxshi smartfoni” mukofotini e’lon qildi. Hakamlar hay’atiga ko’ra, “Huawei Mate 20 Pro” yilning eng yaxshi smartfoni deb topildi.

Huawei g’alaba qozonishga loyiq edi. Chunki Huawei Adroid smartfonlar orasida birinchi bo’lib 3D ekranli yuz skanerlash funksiyasini taqdim qildi, ekranga o’rnatilgan barmoq izi sensori, yuqori sifatli OLED displey, katta hajmli 4200 mAch batareya va bozorning eng yaxshi protsessorlaridan biri – 7-nm HiSilicon Kirin 980 ni o’z ichiga oldi.

Apple iPhone XS Max, Google Pixel 3, OnePlus 6T va Samsung Galaxy Note 9 ushbu nominatsiya bo’yicha nomzod edilar. Apple ko’rgazmada ishtirok etmasa ham, iPhone X o’tgan yili MWCda eng yaxshi deb topilgan edi.

“Eng yaxshi kiyiladigan (taqiladigan) mobil texnologiyalar” nominatsiyasida “Galaxy Watch” smart-soati g’olib bo’ldi. Samsung ushbu moslamani muvaffaqiyatli tarzda qayta yo’lga qo’ydi. Gear – suvga chidamli, AMOLED ekrani bilan ta’minlangan, LTE tarmoqlarini va simsiz quvvatni qo’llab-quvvatlaydi. Buning natijasida 2018 yil oxirida “Strategy Analytics” ma’lumotlariga ko’ra, Samsung o’tgan yilga qaraganda to’rt barobar ko’p mahsulotni sotdi.

“Mobil qurilmalardagi inqilobiy innovatsiyalar” nominatsiyasini “Night Sight” xususiyatini oldi, bu yorug’ligi past suratlar sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Bu xususiyat birinchi marta Pixel 3 va Pixel 3 XL da mavjud edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social