Agar biror bir inson yoningizda bo’lsa, Instagramda sizga tez va oson obuna bo’lish imkoniyati paydo bo’ldi. Siz shunchaki maxsus yorliqni ko’rsatasiz va u mazkur yorliqni skanerlashi kerak bo’ladi.
Tegingizni ko’rsatish uchun profilga o’tishingiz kerak, menyuni ochish uchun o’ng burchakdagi tugmani bosib Nametag ni tanlang. Agar kimdirning yorlig’ini skanerlashni xohlasangiz, o’sha ekranning pastki qismidagi tugmani bosing.
Siz teglar ko’rinishini sozlashingiz mumkin. Ranglarni tanlash va stikerlar qo’shish mumkin. Shuningdek, ularni ijtimoiy tarmoqlar va SMS orqali bo’lishishingiz mumkin.
Yangilik iOS va Androidning barcha foydalanuvchilari uchun mavjud.