Nima uchun planshetlar sotuvi pasayib ketmoqda?

Nima uchun planshetlar sotuvi pasayib ketmoqda?

Agar esingizda bo’lsa, ko’plarimiz vaqti kelib planshetlar noutbuk va oddiy kompyuterlar o’rnini egallaydi deb aytar edik. Barchasi iPad birinchi avlodidan boshlangan edi, barchamiz endi hamma kompyuter egalari planshetlarga o’tadi deb ishongan edik, biroq hozirgi vaqtda planshetlar bozorida sotuvi tushib qoldi.

Xalqaro ma’lumotlarni yig’ish korporatsiyasi (IDC) xabarlariga ko’ra, 2017-yilning birinchi choragida planshetlar ta’minlanish bo’yicha 2016-yilning birinchi choragiga nisbatan 8,5 foizga kamaydi. 2017-yilning 1-choragida umumiy 36,2 million planshetlar yetkazib berildi.

Planshetlar mashhurligining kamayish sababi noutbuk-transformatorlar bo’ldi, ularni planshet sifatida, hamda noutbuk sifatida ham ishlatish mumkin. Yana planshetlar mashhurligiga salbiy ta’siri foydalanuvchilarni ko’proq katta smartfonlarga qiziqishi ortib borayotganidir.

Misol uchun, yaqinda 6,2 dyumli Galaxy S8 Plus joriy etildi. Agarda sizda shunday ekranli smartfon bor bo’lsa, siz planshet sotib olar edingizmi?

Planshetlar bozorida yetakchi o’rinni Apple 24,6% bilan egallagan, biroq o’tgan yilga nisbatan 13% tushish kuzatilgan. Samsungda esa 1,1% ga tushish bo’ldi. Huawei esa sotuvini 31,7% ga oshirishga muvaffaq bo’lgan yagona kompaniya bo’ldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social