Smartfon protsessori va ichki xotirasi vaqt o‘tishi bilan tormozlay boshlaydi, telefonning qotib ishlashi esa asab tolalaringizni chertadi. Gadjetingiz ish faoliyatini yaxshilash uchun, avvalo, buning boisini aniqlash lozim.
Foto: Freepik
1-sabab: To‘lib qolgan operativ xotira
Operativ xotira (RAM) — bu vaqtinchalik axborotni o‘zida saqlaydigan, o‘zgarmas xotira turi bo‘lib, ayni vaqtda foydalanayotgan va ochiq qolgan ilovalarni o‘zida saqlaydi. U har safar biror ma’lumot olish uchun qattiq diskka murojaat qilishi shart emas. Shunday prinsip tufayli smartfondagi turli vazifalar tezroq bajariladi. Operativ xotira miqdori qanchalik katta bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ko‘proq va kuchliroq ilovalar ishlashi shunchalik oson va tez bo‘ladi.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta og‘ir ilovalar ishga tushirilsa, telefon unumdorligi pasayadi. Muammo hozirda kerak bo‘lmagan ilovalarni o‘chirish orqali hal qilinadi. Android smartfonlarida operativ xotiraga cheklov o‘rnatish orqali telefon yanada tezroq ishlashiga erishish mumkin.
2-sabab: To‘lib qolgan kesh va keraksiz fayllar
Operativ xotira ichida kesh (cache) nomli vaqtinchalik xotira mavjud bo‘lib, u muntazam ishlatiladigan fayllarga tezlik bilan kirish imkoniyatini beradi. Kesh yordamida bir marta ishga tushirilgan ilovalar keyingi safar tezroq ochiladi. Vaqt o‘tib sekin-asta kesh to‘lib boradi va telefon sekin ishlay boshlaydi: ilovalarni ishga tushirish uchun ko‘proq vaqt ketadi, ekran va sensor ishlashi yomonlashadi.
Kesh asosan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, brauzerlar sababli keraksiz fayllar bilan to‘lib qoladi. Har bir ilovaning o‘z kech xotirasini alohida tozalashingiz yoki smartfonning “Sozlamalar” va “Xotira” bo‘limidan umumiy tarzda tozalashingiz mumkin.
3-sabab: Qattiq disk xotirasida joy kam qolishi
Xotiraning ikkinchi va asosiy turi bu qattiq disk bo‘lib, unda barcha yuklab olingan ma’lumotlar saqlanadi: ilovalar, o‘yinlar, foto va video fayllar. Qattiq diskda joy kamayib borgani sari smartfon sekin ishlay boshlaydi. Mutaxassislarning fikricha, telefon normal ishlashi uchun qattiq diskda kamida 20% bo‘sh joy qolishi kerak. Uning holatini sozlamalarda tekshirish mumkin.
Keraksiz fayllar va ilovalarni o‘chirish, muhim foto va videolarni istalgan bulutli xotiraga yuklash orqali muammoni hal etish mumkin.
4-sabab: Viruslar
Shubhali va tekshirilmagan manbalardan ilovalar va fayllarni yuklab olish orqali smartfonga virus o‘tish xavfi oshadi. Viruslarning maqsadi smartfondagi ma’lumotlarni zararlash yoki ularni o‘g‘irlashdir. Shuningdek, chalg‘ituvchi reklamalar ko‘rsatadigan virus turlari ham mavjud. Ularning bari gadjet ishini sekinlashtiradi. Viruslardan xalos bo‘lishga antiviruslar yordam beradi. Antivirus dasturlar telefondagi zararli ilovalarni aniqlaydi va ularni o‘chirib tashlaydi. Telefonga virus tushishining oldini olish uchun ishonchli manbalarda, masalan, AppStore yoki Google Play’dan yuklab olish tavsiya etiladi.
Жуда фойдали макола, андроид телефонларда бу муаммо жуда куп учрайди
Айфон тутганларга осонрок, чунки бундай муаммо факат айос обновления килинганда учраши мумкин
Ayfonla zur iwlidida, wunga bunaqa muammo kam kuzatiladi
Eski ayfon busayam
Cache telefonda hamma pamatni yeb qo’yadi
Yaxshi chiqibti.
Telefonim har kuni o’chiq qoladi, nima qilsam bo’ladi?
Qanaqa telefon?
Yusuf qalesz. Maniyam telm har kuni o’chb qolar edi telmga sbros berb yuborganmdan kyn telm narmalni iwledigo bup qoldi
Hamma narsasi u4ib ketgandir
Otvorila qotsa
ha aziza hamma narsasi o’chb ketdi nu lkn narmalni iwlaya telm
Qotib qolsa nima qilay?
Jamila qotib qosayam sbros bervorn
۵۵۵۵
Format otivorilar yaxshi bop ketadi