O‘ziyurar taksilar, dunyoni o‘zgartirishi kutilayotgan Metaverse, iqlimga moslashtirilgan elektrodvigatellar: 2022-yilda amalga oshishi kutilayotgan eng shov-shuvli texnologiyalar

O‘ziyurar taksilar, dunyoni o‘zgartirishi kutilayotgan Metaverse, iqlimga moslashtirilgan elektrodvigatellar: 2022-yilda amalga oshishi kutilayotgan eng shov-shuvli texnologiyalar

2021-yilning texnologik tendensiyalarining aksariyati COVID-19 tarqalishi tufayli amalga oshirildi. Ko‘pchilik pandemiya tez orada tugashini kutgandi. Yangi omikron shtammining paydo bo‘lishi virus hech qayerga ketmasligini ko‘rsatdi. Yandex kompaniyasining strategik marketing bo‘yicha direktori Andrey Sebrant Forbes nashrida 2022-yilda kovid ta’sirida faol joriy etiladigan texnologiyalar haqida gapirib o‘tdi.

Koronavirus cheklovlari ostida o‘tgan 2021-yil odamlarni virus bilan moslashib yashashga majbur qildi. Yil boshida emlashning yuqori foizli ko‘rsatkichlari pandemiya tez orada unutilishi mumkinligiga umid uyg‘otgandi. Ammo omikron odamlarda tezda hushyorlik uyg‘otdi va virus tahdidi biz bilan hali uzoq qolishiga ishora qilmoqda.

Barqaror biznes va umuman ijtimoiy hodisalarni rejalashtirish har qanday vaqtda hokimiyat tomonidan odatiy ravishda kiritilishi mumkin bo‘lgan cheklovlarni hisobga olishni talab qildi. Pandemiya butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlarning odatlari va psixologiyasini tubdan o‘zgartirdi.

Gartner texnologik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilingan tendensiya sohalarining 25 foizi biznesning moslashuvini aks ettirmoqda. Biznesning omon qolishini ta’minlash uchun inson omilini kamaytirish muhim ahamiyatga ega. Inson aralashuvisiz ishlay oladigan har qanday soha bunday rejimga tayyor bo‘lishi kerak.

O‘ziyurar taksilar

2021-yilda biz turli mamlakatlarda o‘zi yurar avtotransport vositalaridan foydalangan holda sinovlar yoki tijorat loyihalari amalga oshirilganini ko‘rdik. “Oziq-ovqat yetkazib berish kelajagi” deya qaralayotgan robotlar bunday nom bilan atalashi bejiz emas. Zaruriy tovarlarni tashish birinchi navbatda inson kuryerlaridan mustaqil bo‘lishi kerakligi ta’kidlanmoqda.

Mahalliy yo‘lovchilarni tashish sohasida ham xuddi shunday manzara kuzatildi. Uchuvchisiz taksilarning dastlabki loyihalari muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Xitoyning ba’zi hududlarida tegishli xizmatlarni ko‘rsatish uchun litsenziyalar berildi.

Waymo o‘ziyurar avtomobillari yo‘lovchilarni San-Fransiskoda tashishni boshladi. Bunday tajriba Rossiyada ham kuzatildi. 2022-yilda o‘ziyurar  taksilarning sinov geografiyasini kengayishini kutishimiz mumkin.

Yuqori texnologiyali raqobatchilar faqat avtomobil haydovchilari orasida paydo bo‘lmaydi. 2022-yilda logistika sohasida birinchi avtomatlashtirilgan yuk tashish amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu faqat quruqlikdagi transport bilan cheklanmaydi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida yuklarni uchuvchisiz yetkazib berish sinovdan o‘tkazilmoqda. AQShda ushbu texnologiya Amazon va Walmart tomonidan ishlab chiqilmoqda.

2022-yil transport sanoati uchun juda gavjum yil bo‘lishini ishonch bilan aytishimiz mumkin. Odamlar va yuklarni quruqlik, suv va havo orqali tashishning avtomatlashtirilishi butun transport infratuzilmasini qayta qurishni talab qiladi.

Dunyoni o‘zgartirishi kutilayotgan Metaverse

Metaverse atamasi “meta” va “universe” so‘zlaridan kelib chiqqan. Metaverse — virtual haqiqat tajribasidan foydalanish imkonini beruvchi onlayn 3D dunyo.

Facebook va Instagram egasi Mark Sukerberg o‘tgan yili internet kelajagi sifatida Metaverse haqida bayonot bera boshladi. Keyinroq Facebook nomini Meta deb o‘zgartirdi.

Metaverse’ni qurishga bag‘ishlangan yangi kompaniya strategiyasi ishlab chiqildi. Shu vaqtgacha faqat kompyuter o‘yinlari va filmlar bilan bog‘liq deb hisoblangan konsepsiya butun internet rivojlanishining keyingi darajasi sifatida keng muhokama qilina boshladi.

Meta (avvalgi Facebook) uchun mobil qurilmalardagi axborotni nazorat qilish uchun uchinchi tomon platformalariga (Google va Apple) ishonib qolishni to‘xtatish judayam muhimdir.

Metaverse’ga Microsoft kompaniyasidan ham qiziqish borligi uchun bu sohani to‘liq monopoliya bo‘ldi deyolmaymiz. Bozorning salohiyati 1 trillion dollarga baholanayotgani sababli kurash qizg‘in kechmoqda.

Texnologiya va iqlim

2022-yilgi texnologiya tendensiyalariga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgan yana bir voqea — bu iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP26 global sammiti.

Sammitda radikal qarorlar qabul qilinmagan bo‘lsa-da, dunyoning eng yirik iqtisodchilari qazib olinadigan uglevodorodlarni qazib olish va ulardan foydalanishni qisqartirish, o‘rmonlarning kesilishini keskin kamaytirishga va’da berishdi.

Transportni chiqindisiz yoqilg‘iga o‘tkazish va boshqa chora-tadbirlarga har yili o‘nlab milliard dollar sarmoya kiritilishi ham ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rilmoqda

Yirik global korporatsiyalar ham iqlim kun tartibini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Shuning uchun 2022-yilda biz iqlimga mos texnologiyalar sohasida ko‘plab tajribalar va yangi yondashuvlarni kutishimiz mumkin.

Ko‘rinib turibdiki, transport sanoati avtomatlashtiriladi va iqlimga mos keluvchi yangi elektr dvigatellari ishlab chiqiladi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Toir

    bizadagi taksichilar iwsiz qolarkande rofl

  2. Jav

    bizaga yetib kegani4a 100 yil utadi

  3. Ezoz

    wuni etin, bizada hali ham odamla 2000 yilda yawawadi

  4. TTT

    bizani taksi4ila sindirib tawidi bunaqa mowinalani rofl

  5. Oybek

    yaxwi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social