29 fevral kuni O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida, Microsoft korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Microsoft vakillari korporatsiyaning O`zbekistondagi axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasidagi keyingi rejalari xaqida ma`lumot berib o`tishgan.
Vakillarimiz, axborot texnologiyalarini davlat boshqarmasi, ekonomika sohasi tarmoqlari va sotsial sohalarda, qolaversa ta`lim tizimiga joriy qilishda, hamkorlikda ishlishga tayyor ekanliklarini aytib o`tishdi.
Vakillarimiz, O`zbekistonda dasturiy vositalarni yaratishda birgalikda hamkorlik qilish haqida alohida aytib o`tishgan.
Muzokaralar yakunida O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Microsoft korporatsiya o`rtasida axborot kommunikatsion texnologiyasi sohasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
1975 yilda asos solingan Microsoft korporatsiyasi dasturiy vositalarni ishlab chiqarishda, shaxsiy komp`yuterlar va serverlar uchun internet texnologiyalari sohasida xizmat taqdim etish va ularga dasturiy vositalar yaratishda peshqadamlardan biri deb tan olinib kelinmoqda.
Microsoft korporatsiyasi mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq davlatarda sotiladi, 45 dan ortiq tillarga o`girilgan (shu bilan birga o`zbek tiliga ham) va ko`plab personal komp`yuter platformalari bilan mos kelishi ustunliklari bilan, foydalanuvchilar uchun juda qulay bo`lib kelmoqda.
кеча радиодан бу хакда эштгандим. Уларнинг вакиллик идоралари олдин хам булганми Тошкентда?
агар узбекистон билан хамкорликда янги программаларни ишлаб чикарилса бу жуда яхши!
вообще яхшику шунака хамкорлик булади!!!
нима узбекистонда микрософт??? булмайдиган нарса!
endi uzbekiston bilan microsoft xamkorlikda ishlashadi
айтишларича УзААА билан Майкрасофт анча мунча нарсалани килиб ташлашмокчи
ёш дастурчиларга имконият ва шароит яратиб бериш керак, манимча бу проект жуда яхши хосилларни беради
Булсин ва яна бир бор булсин дейман. Мамлакатимизда бундай янгиликларни ва проектларни эшитсам жуда хурсанд буламан. АХир канчадан канча ёшларнинг тажрибаси ошади, канчадан канча янги иш жойлари тугилади. Бу зурку!
xa qilsinlar,uzbekiston texnologiyasi xam rivojlansin!
узбекистон компаниялар купрок бошка кучли компаниялар билан хамкорлик килса,бу факат бизга фойда буладию!
nahotki uzbekistonda Microdoft!!!