Parallels Access 2.0: komp`yuterni cho`ntakga sol

Parallels Access 2.0: komp`yuterni cho`ntakga sol

Bir necha kun oldin “Parallels” kompaniyasi “Parallels Access” ilovani ishga tushirdi. Mazkur ilova komp`yuterda bo`lgan programmalarga distantsion yo`l hisoblanadi. Hamda ushbu ilova ikkala platforma uchun – iPhone smartfonlar va Android moslamalar uchun mo`ljallangan.

“Parallels Access” ikki qismdan iborat bo`lib, biri mobil moslamaga va ikkinchisi esa komp`yuterga o`rnatiladi. Hamda ular bir biriga juda oson tarzda moslashadi. Birinchi navbatda ilovani “ayfon”/Android uchun yuqlash, ro`yxatdan o`tish, keyinchalik pochtangizga aktivatsiya qilish uchun va PK-klient yuqlash uchun link bilan xat keladi. So`ngra Parallels Access Agent ni Windows da yoki “mak”da ishga tushirish lozim bo`ladi.

iPhone uchun Parallels Access funktsiyalari iPad-versiyaga o`xshagan. Doimiy mul`titach orqali xar xil programmalar va fayllar bilan ishlash imkonini beradi yani matni belgilash, nusha olish, video ko`rish va musiqani eshitish kabilardir.

iOS uchun mo`ljalangan 2.0 Parallels Access versiyada bir necha yangi funktsiyalar paydo bo`ldi. Asosiylardan biri bu komp`yuterga, hattoki u uxlash holatida bo`lsa ham ulanish imkonidir. Shunday qilib agarda PK uyda yoki ish honada yoniq qoldirilsa, doim siz unga smartfoningiz orqali kirishingiz mumkin bo`ladi.

Parallels Access Android versiyasi ishda ozgina zaifroqdir. U ekran almashtirilganda sekinlashib ketishi mumkin, dinamiklar esa sekin ovoz beradi. Unda faylli menedjer yo`q, shuning uchun Finder orqali foydalanish kerak bo`ladi (yoki “Provodnik” PK dan Windows) va keyin dokumentlarni qidirsa bo`ladi. Biroq bir foydali hususiyati ham bor – demak bu tez-tez ishlatib turilgan ilovalarni Android ekraniga chiqarishdir.

Ilova bilan bepul 14 kun foydalansa bo`ladi va so`ngra belgilangan miqdorda pullik hizmatga ulanish zarur.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social