Biz kun davomida smartfonni qo’llarimizdan tushirmaymiz, har xil kir darajasiga ega bo’lgan joylarga boramiz, yuzimizga teginamiz. Telefondan foydalanish yoqimli va xavfsiz bo’lishi uchun, uni “dezinfeksiya” qilishni boshlang.
Buning uchun nima kerak bo’ladi?
Smartfoningizni tozalash uchun quyidagilarni tayyorlang:
- Yumshoq va tuklarsiz mato. Monitorlar va telefonlarni tozalashda ishlatiladigan ro’molchalar ham bo’ladi.
- Paxta va tish tayoqchalar. Ular qiyin joylardan kirlarni olib tashlash uchun kerak bo’ladi.
- Tozalash vositasi.
Sensorsiz va oleofobik qoplamali eski telefonlarni spirt yoki oq sirka bilan tozalash mumkin va bunda ekranga hech narsa qilmaydi. Zamonaviy smartfonlar biroz yumshoq ekranga ega, shuning uchun ular uchun maxsus vositalarni sotib olish kerak bo’ladi. Ular asosan arzon narxda bo’ladi. Uy tozalash vositalarini, aerozollarni va derazalarni tozalash vositalarini ishlatmang. Faqatgina elektronika uchun mo’ljallangan vositadan foydalaning.
Har bir tozalash vositasining qanday ishlatilish ko’rsatmasi mavjud, lekin odatda tartib shunday bo’ladi:
- Kichik zarrachalarni olib tashlash uchun ekranni yumshoq mato bilan arting (ular chiziqchalar qoldirishi mumkin).
- Paxtachaning chetiga bir tomchi tozalash vositani quying.
- Displeyni va korpusni ehtiyotkorlik harakatlari bilan tozalang.
- Ekranni quruq mato qirrasi bilan tozalang.
Smartfonni dezinfeksiya qilishdan oldin uni zaryadlovchidan ajratib oling. Xavfsizlik uchun siz barcha ulagichlarni lenta qilib yopib qo’yishingiz mumkin. Biroq korpusga tozalash vositasini to’kib yuborish xavfi katta emas. Chunki tozalash vositasi juda kam talab etiladi.
Qancha tez-tez tozalab turish kerak?
Smartfonni dezinfektsiyalash xotirani keraksiz ma’lumotlardan tozalashdan ko’ra tez-tez qlish kerak. Displeyni kuniga kamida bir marta tozalash tavsiya etiladi. Masalan, kechqurun yotishdan oldin (yotoqda telefon bilan yotishdan oldin). Smartfon bilan xojatxonaga tashrif buyurganingizdan keyin siz nafaqat o’zingizni qo’lingizni yuvishingiz kerak, balki qurilmani ham dezinfeksiya qilsangiz yaxshiroq bo’lar edi. Bu bir necha soniya vaqtingizni oladi.
Eng kam gigienik tadbirlar bilan ham, telefondan foydalangandan so’ng yuz va shilliq qavatga tegmang. Ko’zlar va lablar teginish, qopqoqni tishlab o’tirish – bu yomon fikrdir.