2021-yilning kattalarga va bolalarga birdek yoqadigan eng yaxshi multfilmlari

2021-yilning kattalarga va bolalarga birdek yoqadigan eng yaxshi multfilmlari

Ko‘pincha bolalar multfilm ko‘rganda kattalar zerikib, mizg‘iy boshlaydi. Ammo quyidagi multfilmlar nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi.

Kuyla-2

Ikkinchi qismi birinchisidan yaxshiroq bo‘lgan kino va multfilmlarni bilasizmi? “Kuyla-2” bilan aynan shunday bo‘ldi! Bu originali yomon bo‘lgan degani emas, shunchaki davomi ancha qiziqarliroq chiqqan. Sevimli qahramonlar sahnaga qaytib, yana qo‘shiq kuylaydilar, lekin bu safar ularda global maqsad bor — o‘yin-kulgi poytaxti bo‘lmish katta shaharga borish va albatta, uni zabt etish. Prodyuser koala, to‘xtovsiz raqsga tushadigan do‘mboq, tikanli pank qiz, uyatchan maktab o‘quvchisi, katta gangster va ko‘p bolali ona jangga tayyor!

Raya va so‘nggi ajdaho

Qadim zamonlarda sehrli Kumandre o‘lkasida odamlar bilan ajdarlar — yaratuvchilar va suv qo‘riqchilari yonma-yon yashagan. Druun paydo bo‘lishi bilan tinch hayot tugaydi. Zulmat maxluqlari odamlarni va ajdarlarni tosh haykalga aylantiradi va faqat Sisuning sehri yovuz jonzotlarni haydab, odamlarni sehrdan xalos bo‘lishlariga yordam berdi, lekin bu sehr ajdarlarga ta’sir qilmaydi. Kumandra Yurak, Qoziqtish, Tirnoq, Umurtqa va Quyruq nomli davlatlarga bo‘lingan bo‘lib, sehrli ajdaho toshi Rayaning otasi hukmdor bo‘lgan Yurak mamlakatida saqlanar edi. Otasi mazkur davlatlarni birlashtirishni orzu qilardi, lekin insonning ochko‘zligi va hasadi tufayli sehrli tosh parchalanib ketadi. Har bir mamlakatning hukmdori undan bir parcha oladi va druunlar yana hukmronlik qila boshlaydilar.

Bir necha yil o‘tgach, Raya va uning sodiq hamrohi Tuk-Tuk qo‘rqmasdan kuydirilgan cho‘l bo‘ylab sayohatga chiqishadi, qolgan daryolarni izlash va druunlarni mag‘lub etishda odamlarning oxirgi umidi bo‘lgan so‘nggi ajdahoni topish umidini yo‘qotmaydilar.

Luka

Uyda tayyorlangan makaron, muzqaymoq va cheksiz moped sayohatlari bilan to‘lgan unutilmas ta’tilni Luka ismli bola Italiyaning Riviera sohilida joylashgan go‘zal dengiz bo‘yidagi shaharchada o‘tkazmoqda. Lukaning biron-bir sarguzashti uning yangi do‘sti ishtirokisiz bo‘lmaydi.

Tuzatib bo‘lmas Ron

Har bir bolaning haqiqiy do‘sti bo‘lishi kerak. Qandaydir uy hayvonlari emas. Eng yaxshi do‘st harakat qila oladigan, gapira oladigan, eng muhimi, internetga ulangan va egasiga ijtimoiy tarmoqlarda yozish va barcha so‘nggi tendensiyalarni o‘rganishga, sinfdoshlar bilan aloqada va yangiliklardan xabardor bo‘lishga yordam beradigan ajoyib robot bo‘lishi mumkin. Hamma maktab o‘quvchilarida shunday robot bor. Ammo uyatchan Barni bundan mustasno, shuning uchun u o‘z tengdoshlari orasida o‘zini begonadek his qiladi — toki u uzoq kutilgan tug‘ilgan kuni sovg‘asini olmaguncha. Biroq Ron ismli robot nuqsonli bo‘lib chiqadi, ammo yosh egasi unga o‘zi bilgan hamma narsani mustaqil ravishda o‘rgatishga qaror qiladi.

Enkanto

Hech kimga o‘xshamaydigan Madrigallar oilasi Kolumbiya tog‘larida yashiringan Enkanto deb nomlangan ajoyib va ​​maftunkor burchakda joylashgan sehrli uyda yashaydi. Madrigallar oilasidagi har bir bola bu yerning sehridan o‘ziga xos sovg‘a — o‘ta kuchlilikdan tortib har qanday kasallikni davolash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Afsuski, sehrli qobiliyat birgina Mirabellni chetlab o‘tadi. Enkantoning sehri xavf ostida ekanligini bilib, Mirabell o‘z oilasini saqlab qolish uchun oxirgi umid ekanini tushunib yetadi.

Pilya

Pilya Tumanvil ko‘chalarida yashovchi shumtaka yetim qiz. Bir kuni qal’a qo‘riqchilari qo‘liga tushmaslik uchun u malika ko‘rinishida kiyinib oladi va aqlbovar qilmaydigan sarguzashtlarga aralashib qoladi. Shafqatsiz Tristan taxtga ega chiqish uchun sehr yordamida shahzoda Rolandni mushuk-tovuqqa (yarim mushuk, yarim tovuq) aylantiradi. Pilya shahzodani va butun saltanatni qutqara oladigan yagona odamga aylanadi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amina

    hammasini kurganman kiss

  2. Namangan

    uzbek tilida bomi? rus4a 4unmiman

  3. Farruh

    ertaga kuraman laugh

  4. Farangiz

    multiklani vawe yaxwi kuraman

  5. Gulli

    enkanto ajoyib multifilm

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social