Qayerda eng faol smartfon foydalanuvchilari yashaydi?

Qayerda eng faol smartfon foydalanuvchilari yashaydi?

Counterpoint smartfonlarning kundalik foydalanishlari va mobil texnologiyalarga bo’lgan munosabat haqidagi yangi statistik ma’lumotlarni to’plashdi. Tadqiqotchilar inson bir kunda gadjetlar uchun qancha soat sarflashini, bir yil ichida sotilgan smartfon qancha turadi, foydalanuvchilar qurilmalarda nima bilan shug’ullanishadi, qanday qilib tez-tez ularni almashtirishadi va qayerda eng saxiy mobil elektronika xaridorlari yashashini hisoblab chiqishdi.

To’rt kishidan bittasi o’z gadget bilan kuniga 7 soatdan ko’proq vaqt sarflaydi. Eng faol smartfon foydalanuvchilari Malayziyada yashaydi. Ulardan 55% dan ortig’i 5 soat ekranga qaraydi va Yaponlar (43%) kuniga 3 soat qurilmalarga qarar ekan.

4-1

Yilning eng mashhur faoliyati 64% bilan veb-brauzer bo’ldi. Reytingning keyingi o’rinlarida o’yinlar (62%), telefon qo’ng’iroqlari (55%) va yozishmalar (54%) joy olgan.

4

O’rtacha, foydalanuvchilar har 21 oyda qurilmalarni o’zgartirishadi. Lekin Meksikaliklar har 18 oyda yangi moslama sotib olishar ekan. Yaponiyaliklar eng sermahsul ekanlar, chunki ular yangi qurilma sotib olishdan oldin 26 oy kutishar ekan.

3

Rivojlangan bozorlarda odamlar smartfonlar uchun boshqalardan ko’ra ko’proq pul berishga tayyor bo’lishlari ajablanarli emas. Germaniya, Avstraliya va Saudiya Arabiston foydalanuvchilarning yarimi yangilik uchun $ 400 ortiq to’lashga tayyor va ularning uchindan bir qism yangi qurilma uchun $ 500 ham hech narsa emas ekan. Shunga qaramay, hindlarning 5% ham qimmat smartfon sotib olishga qarshi emas.

Sizchi? Telefoningizni tez-tez almashtirib turasizmi?

Manba: 4pda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social