Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat

Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat

Siz ushbu maqolani biror qurilma ekranidan o‘qiyapsiz, unda bir vaqtning o‘zida bildirishnoma, kalendar eslatmalari yoki to‘satdan qo‘ng‘iroqlar paydo bo‘lishi mumkin. Woman nashrida e’lon qilingan gadjetlardan foydalanishda me’yorni saqlashga o‘rgatadigan quyidagi tavsiyalarni bilib olish va ularga amal qilish foydadan holi emas.

Gadjet orqali bajariladigan ishni o‘z vaqtida tugating va bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying

“Bezovta qilinmasin” rejimi gadjetlarimizdagi eng foydali funksiyalardan biridir. “Sevimlilar” kontakt guruhingizda faqat yaqinlaringizni qoldiring va ishni tugatgandan so‘ng rejimni yoqing. Barcha savol va topshiriqlar ertaga qolsin, siz bu bilan onlayn rejimdan signallar, bildirishnomalarni cheklab qo‘yasiz.

Kechki mashg‘ulotlarni rejalashtiring

Bu maslahat miyangizni chalg‘itadi: agar uchrashuvni oldindan yoki yozma ravishda taqvimingizga belgilab qo‘ysangiz, uchrashuvni o‘tkazib yuborish vasvasasi kamroq bo‘ladi. Har oqshom uchun ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni reja qiling: do‘stlaringiz va qarindoshlar bilan uchrashing, teatrga boring yoki shunchaki uy yaqinida sayr qiling va keraksiz bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yishni unutmang.

Oflayn xobbi toping

Ob-havo isishi bilan o‘zingizga yoqadigan mashg‘ulotni topish vaqti keldi: tennis, beysbol yoki ot minish kabi yangi sport turi, qushlarni kuzatish, bog‘da sayr qilish singari tinchroq mashg‘ulotlarni sinab ko‘ring. Virtual bo‘lmagan faoliyat tashqi dunyo bilan aloqani mustahkamlashga, yangi tanishlar topish va xotirjamlikni tiklashga yordam beradi.

Gadjetlar bilan o‘tadigan vaqtingizni minimallashtiring

Har bir qurilmaga qancha vaqt sarflayotganingizni kuzatib boring va uning qancha qismini boshqacha sarflash mumkinligini tahlil qiling. Atrofingizdagi dunyoni kashf qilish va yangi odamlar bilan tanishish uchun bo‘sh vaqtingizdan foydalaning.

Detoksga e’tibor qarating

Gadjetlardan haqiqatan ham nariroq bo‘lish uchun bunga e’tibor qaratishingiz kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda sababsiz qolib ketish holatlarini kuzatib boring. Sabablarni tahlil qiling va ko‘proq nimani o‘zgartirmoqchi ekanligingizni aniqlab oling. Xulq-atvordagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun qaydlar kundaligi yoki qog‘ozdan foydalanishingiz mumkin.

Ta’tilni vaqtida faqat dam oling

Ta’til davomida ishga doir chat, topshiriq va pochta bildirishnomalarini o‘chirib qo‘ying. Ta’tilingizni dam olish va xotirjamlik muhitiga cho‘mish uchun haqiqiy vaqtga aylantiring. Agar uyda qolsangiz ham ish stolingizni o‘zgartirish va keraksiz narsalarni tashlab yuborish yoki bayramona narsalarni qo‘shish orqali miyangizga ish muhitini o‘chirishga yordam bering.

Dam olish kunlarini tartibga soling

Haftalik ish kunlaridan so‘ng tez qayta tiklanish uchun dam olish kunlari va bayramlarni yangi joylarga yoki dam olish markazlariga mini-sayohat qilishga bag‘ishlang. Bir-ikki kunlik odatiy mashg‘ulotingizdan tanaffus qiling va atrofingizdagi olamdan zavq oling.

Kommentlar: 24 komment. 24 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Гаджетласиз хает борми хозир, хамма телефонда утиради, купла ишлари телефонда

  2. Turi etas Timur aka, lekn uladanam dam oliw kere bazan

  3. Bu ham muhim maqola.

  4. Munisaxon

    sad

  5. Ajoyib foydali maqola lekin gadjetlaga berilib ketish zarar meyori bolgani yaxshi

  6. Ish telefonda bosachi? Nima qilish mumkin?

  7. Ishni ozgartirish kerak laugh

  8. Agar õzgartirib bolmasachi yani.mendaqa telefon jinnilari uchun qanday yol tutuladi

  9. Telefonim yoq demaganmidingiz wacko

  10. Menda yoq dadamni telefonida

  11. Dadam telefoni faqat uyda payti foydalandi ishga ketganda men telefon korib otiramanda bazida kulguli videolar kotib hiqichoq tutib. qoladi ōzi shunaqa odatim bor kop kulsam hiqichoq tutadigan telefonga qarasam ichiga kirib ketaman shu uchun faqat musiqa eshitib yuraman wish qilganda

  12. Uzr korib demoqchidim õzgarib ketibdi

  13. Ha… telefon juda kerakli narsa hozirgi zamonda, bomasa hayot sizsiz otib ketayotganga oxshidi

  14. Ha shuda juda togri aytiz

  15. Salom alaykum Gulli, yaxwimisz? Uyda kupin4a komyuterda utirasmi?

  16. Asssalom alaykum Aiza qalaysiz avval juda kop novutbukdan foydalanardim lekin bizilib qoldi hozir faqat telefondan kamroq foydalanyapman

  17. Yaxwi, siz bu yerga kompdan kiras dib uyludim

  18. Yoq telefon orqali

  19. Xurshid

    Telefonsiz hayot bormi hozir

  20. A yaxwi, Gulli yaxwimisz?

  21. Samandar

    good

  22. Aslzoda

    Rahmat.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social