Samsung dan yangi Galaxy S6 Active smartfoni (+video)

Samsung dan yangi Galaxy S6 Active smartfoni (+video)

12-iyun` kunidan boshlab, yangi suv o`tkazmaydigan “Samsung Galaxy S6 Active” smartfonining sotuvi AQShda boshlandi.

Mazkur smartfon Galaxy S6 ning yangilangan versiyasi hisoblanadi. Smarton 5,1-dyuymli Quad HD Super AMOLED displey va ikki 16 va 5 megapikselli kameralarga ega. Smartfon sakkiz yadroli 64-bit “Exynos 7420” protsessorda va Android 5.0.2 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi.

Smartfon bir necha vazifalari ekstrimal holatlarda ishlatishga mo`ljallangani uchun, “aktiv” ko`shimchasi qo`shilgan. Masalan, oddiy ilovalar bilan birga Galaxy S6 Active da kompas va barometr mavjud (birlashgan ilova Activity Zone deb ataladi). Bundan tashqari, gadjet simsiz zaryad olish va yuqori quvvatli akkumulyatorga ega (3,500 mAh).

Moslamaning asosiy yangiligi, bu changdan himoyalanganligi va suv o`tkazmasligidir. Ishlab chiqaruvchilarning ta`kidlashicha, smartfon yarim metrgacha va 30 daqiqa suvda ishlar ekan.

Manba: Naked Science

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ism

    Boladi, yomonmas.

  2. Ism

    Boladi, yomonmas.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social