Samsung kompaniyasi iPhone X dan katta foyda ko’radi

Samsung kompaniyasi iPhone X dan katta foyda ko’radi

Komponentlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan Samsung kompaniyasining bo’limi, har bir sotilgan iPhone X dan taxminan $110 oladi. Counterpoint Technology tahlilchilari hisobiga qaraganda, Samsung kompaniyasi Galaxy S8 uchun jihozlar ishlab chiqarishdan ko’ra, Apple bilan hamkorlik ko’proq pul olib kelar ekan.

Samsung mobil bozorida Apple ning abadiy raqibidir va bir vaqtning o’zida raqobatchisini OLED-displey, flesh xotira NAND va yangi “iPhone” uchun DRAM-chiplar bilan ta’minlashga qodir yagona kompaniya hisoblanadi. Apple komponentlarini yetkazib berish, Samsung “temir” biznesiga 35% daromad olib keladi, deb Wall Street Journal yozadi.

Ekspertlarning bashoratiga ko’ra, iPhone X chiqgan kundan boshlab 20 oy davomida “mevali” kompaniya 130 million dona sotishga qodir bo’ladi. Bu vaqt mobaynida har bir “iPhone” dan tushgan 110 dollar, Samsungga 14,3 mlrd dollar olib keladi. Taqqoslash uchun, shu davrda o’z Galaxy S8 savdodan Koreyslar – 10,1 mlrd dollar olishlari mumkin ekan.

Samsung Apple ga katta ta’sir o’tkazishi mumkin, chunki Samsung kompaniyasi iPhone X uchun qimmat OLED-panel ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yagona kompaniya hisoblanadi.

Manba: Hitech

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social