Samsung kompaniyasi tuxum shaklida qilingan yangi kolonkalarni WAM6500 va WAM7500 taqdim etadi.
2015-yilning yanvar` oyida Las-Vegasda bo`lib o`tadigan halqaro foydalanuvchilar elektronika ko`rgazmasida ko`plab kompaniyalar o`zlarining yangi mahsulotlarini taqdim etadilar. Samsung kompaniyasi CES 2015 ko`rgazmada botiq ekranli komp`yuter Series 7 AIO, bukilgan TV uchun audiotizim Curved Soundbar va ikki yangi kolonkalar WAM7500/6500 taqdim qilishni rejalashtirgan.
Tuhum shaklli ikkita kolonkalar maxsus Ring Radiator tizimi bilan jihozlangan bo`lib, panorama tovushni yaratishga yordam beradi. Hamda u “yuqori va past chastatalar orasidagi ideal balansni” boshqaradi. Samsung vakillarining ta`kidlashicha, shunday texnologiya “to`yingan sado”ni yaratadi, chunki tovush bir tarafga tarqalmaydi, bir me`yorda butunlay xonaga tarqaladi.
WAM6500 va WAM7500 kolonkalar Samsung kompaniyasining Kaliforniya laboratoriyasida ishlab chiqarilgan. Yangiliklar futuristik dizayn va sifati bilan ajralib turadi. Shuningdek, kolonkaning birinchi model`i portativ, ikkinchi esa – statsionardir.