Samsung kompaniyasi o`zining yangi Galaxy A7 smartfonini taqdim etdi va u eng yupqa smartfonlar sarasiga kiradi.
Yupqa smartfon deb hisoblangan moslama 6.3mm bo`lib, 16GB xotira, 2GB RAM va 2600mAh quvvat manbaiga ega. Shuningdek, smartfon 13 megapiksellik kamera va 5 megapiksellik old kamera bilan jihozlangan. 5 megapiksellik old kamera “selfie” olishning mukammal funktsiyalariga ega bo`lib, ovoz va qo`l harakatlari yordamida boshqarish mumkin.
Mazkur smartfon Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi. Galaxy A7 ikki turdagi protsessor bilan jihozlangan ya`ni LTE versiyadagi 1.8GHz va 1.3Ghz “quad-core” protsessori bo`lsa, LTE/3G ikki sim kartali versiya 1.5 GHz va 1GHz “quad-core” protsessoriga ega.
Faqatgina qo`ng`iroqlarni amalga oshirish uchun ishlatadigan insonlarga ham Galaxy A7 ning afzalliklari mavjud ya`ni moslamada ovozlarni tiniqlashtiruvchi tizim bo`lib, tashqaridan keladigan shovqinlarni pasaytiradi.
maza qib ishlatsa bo’ladigan telefon ekan iphone dan qolishma ish qeb galaxy A7
Ko’rinishi chakkimas