Simsiz zaryad oluvchi birinchi noutbuk ishlab chiqarildi

Simsiz zaryad oluvchi birinchi noutbuk ishlab chiqarildi

Dell kompaniyasi “Dell Latitude 7285” simsiz zaryad oluvchi va alohida sotiladigan maxsus klaviaturadan iborat yangi noutbuk ishlab chiqardi.

Dell Latitude 7285 ning xususiyatlari:

  • 12-dyumli planshet-transformator
  • Alohida klaviaturaga ega
  • Windows 10 operatsion tizim
  • Display 2880 × 1920 piksel
  • Noutbukning old kamerasi foydalanuvchining yuzini kechasi ham aniqlashi mumkin
  • Thunderbolt 3 USB Type-C interfeys
  • MicroSD karta uchun joy
  • SIM-karta uchun joy mavjud
  • Intel Core i5-7Y54 protsessor
  • 128 GB SSD-disk
  • 8 GB operativ xotira

057

Dell kompyuterning asosiy xususiyati simsiz zaryadlashni qo’llab-quvvatlashidir. U zamonaviy smartfon sifatida, magnit induksiyasi orqali zaryad oladi. Lekin siz maxsus klaviatura va zaryadlash platformasini sotib olishingiz kerak. Simsiz to’plam 549 dollar turadi.

Noutbuk platformaga joylashtiriladi va avtomatik ravishda zaryad oladi. Charging Mat faqat 30 vatt ishlab chiqaradi, shuning uchun kompyuter elektr ta’minotisiz zaryad qilish ikki-uch baravar sekin bo’ladi.

Dell Latitude 7285 plansheti klaviaturasiz 1 119 dollar narxda sotiladi.

Manba: Lifehacker

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social