Sizlarga yangi eng notabiiy planshet-transformerni ASUS The New Padfone Infinity ni taqdim etamiz.
The New Padfone Infinity – bu bir emas, balki ikkita qurilmadir. Birinchi va eng muhimi – bu aslida smartfon. Ikkinchi kurilma tuzilishidan planshetni eslatadi, biroq unga smartfonni o`rnatgan holdagina planshet bo`la oladi, smartfonsiz bu esa oddiy 10-dyuymli displeydir va unga 5000 mAch akkumulyatori ham o`rnatilgan.
Padfone smartfonning platformasida quyidagi moslamalar joylashgan: Qualcomm Snapdragon 800 + Adreno 330 + 2 Gb operativ xotira, oldi kamera 2,1 MP, asosiy kamera 13 MP, akkumulyator 2400 mAch, Android 4.2.2.
Agar smartfon displeyga o`rnatilgandagina to`lik planshet bo`ladi. Smartfon displeyga o`rnatilganda, smartfondagi ochik bo`lgan ilova, planshetda ham ochiladi va siz bemalol planshetda ishlasangiz bo`ladi. Va albatta smartfonning o`zida ham ishlash mumkin. Agarda siz dokumentlar bilan planshetda ishlasangiz va zaruriyat bilan smartfonni ajratib qo`ysangiz ham shu dokument smartfonda ko`rsatiladi.
xa xa zor qilishdi
gap yu