Telefonlar ham microUSB ga o`tadilar

Telefonlar ham microUSB ga o`tadilar

Evropa uyushmasi mamlakatlari har qanday mobil telefonga va smartfonlarga mos bo`lgan universal zaryad qurilmani kiritish haqida kelishuvga erishdilar. Qachonki ushbu qonun kuchga kirsa, u holda ishlab chiqaruvchilar o`zlarining moslamalarini yangi standart bo`yicha ishlab chiqarishlari kerak bo`ladi.

Evropa uyushma mamlakatlari telefonlarning yagona bo`lgan zaryad moslama uchun 2014-yilning mart oyida o`z ovozlarini berishlari kutilmoqda. Agarda ovoz berish ijobiy natija ko`rsatsa, mamlakatlarga ushbu standartni qonuniy darajada tasdiqlash uchun 2 yil beriladi. Apple yoki Samsung ga kabi ishlab chiqaruvchilarga – yangi qonunga bo`ysunishi uchun yana bir yil beriladi.

Ko`plab kompaniyalar shaxsiy portlarini foydalanishda qaror qilishdi, ammo bu foydalanuvchilari uchun salbiy tasirni ko`rsatmoqda – chunki bir biri bilan teng kelmaydigan zaryad moslamalar ko`p noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Undan tashqari bir nechta zaryad moslamalarni almashtirish juda qimmatga tushishi mumkin. Nazariy jixatdan, qonun o`z kuchiga ega bo`lganda, istalgan mobil telefoniga o`zining ishlab chiqaruvchining alternativini ulasa bo`ladi.

Bir necha yil oldin microUSB interfeysi bilan bo`lgan smartfonlarga bir standart qabul qilingan edi, o`tgan xaftada esa – har xil noutbuk modellariga yagona zaryad moslama spetsifikatsiyasi taqdim etilgan edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social