Mac mini – bu kichik korpusdagi haqiqiy yirtqich

Mac mini – bu kichik korpusdagi haqiqiy yirtqich

Nyu-Yorkdagi taqdimotda Apple nafaqat yangi MacBook Air ni, balki yangilangan Mac mini kompyuterini ham taqdim etdi.

Moslaman ichida 64 GB gacha RAM va fayllarni saqlash uchun 2 TB ga qadar flesh xotiraga ega bo’lishi mumkin. Huddi shu joyda – foydalanuvchi ma’lumotlarining maksimal xavfsizligini ta’minlash uchun T2 chipi mavjud.

Yangi Mac mini to’rtinchi avlod to’rt yadroli Intel ning sakkizinchi avlod protsessorga ega. Bundan tashqari, olti yadroli protsessorga ega versiyasi ham mavjud. Eslatib o’tamiz, to’rt yil avval chiqarilgan kompyuterning avvalgi versiyasi to’rtinchi avlod Intel Core i5 protsessori bilan jihozlangan edi.

Portlardan to’rtta Thunderbolt 3, ikkita USB-A, bittadan HDMI, Ethernet va mini-jack mavjud. Qurilma avvalgisiga o’xshash ko’rinadi, faqatgina ko’rinish va rangi biroz o’zgardi. Korpus 100% qayta ishlangan alyuminiydan qilingan.

Yangi Mac mini 7-noyabr kuni sotuvga chiqariladi. Asosiy model 3,6 gigagertsli chastotali, to’rt yadroli Intel Core i3 protsessor, 8 GB RAM va 128 GB SSD bilan jihozlangan. Maksimal konfiguratsiya – 64 GB RAM, 4,6 gigagertsli chastota, olti yadroli Intel Core i7 protsessori, 2 TB SSD va 10 GB Ethernet portiga egadir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social