Telegramda yangi funksiyalar paydo bo’ldi

Telegramda yangi funksiyalar paydo bo’ldi

Endilikda yaqin atrofdagi insonlarni kontaktlarga qo’shish, joylashuv bo’yicha guruh chatlari yaratish mumkin

23 iyun kuni Telegram yana bir bor yangilandi. Bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilindi.

Endi, barcha yangi chatlarda Add to Contacts (“Kontaktlarga qo’shish”) tugmasi ko’rsatiladi. Endi sizga yozgan har qanday foydalanuvchi kontaktlarini (raqami bo’lmasa ham) tezkor ravishda qo’shish mumkin. Keraksiz xabarlar uchun Block User (“Foydalanuvchini bloklash”) tugmasi chap tomonda joylashgan.

Yaqin atrofdagi odamlarni qo’shish

Buning uchun Contacts (“Kontaktlar”) bo’limini ochish va Add People Nearby (“Yaqin atrofdagi odamlarni qo’shish”) bo’limiga o’tish kifoya.

Bu xususiyat ayniqsa bir vaqtning o’zida kontaktlar bilan almashishni istagan bir nechta odamlar uchun foydalidir. Endi ularning barchasini bir necha marta bosish bilan qo’shish mumkin.

Joylashuv bo’yicha guruh chatlari

“Yaqin atrofdagi odamlar” bo’limida foydalanuvchining joriy joylashuviga qarab barcha oshkora chat xonalari Groups Nearby “Yaqin atrofdagi guruhlar”da ko’rsatiladi. Qo’shnilar bilan chat yaratish uchun “Mahalliy guruh” — “Guruh yaratish” tugmasini bosish kerak.

Ulardan konferensiya va festivallardan tortib stadionlar yoki talabalar yotoqxonalarida ham foydalanish mumkin.

Spot.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social