Tesla zavodida robot muhandisga jarohat yetkazgani ma’lum bo‘ldi

Tesla zavodida robot muhandisga jarohat yetkazgani ma’lum bo‘ldi

Robotning qisqichlari muhandisning orqasi va qo‘liga qadalgan, u tirik qolgani ta’kidlanmoqda. 

AQSh Texas shtatidagi Ostin shahri yaqinida joylashgan Tesla kompaniyasining Giga Texas zavodida robot manipulyator muhandisga jarohat yetkazdi. Bu haqda Daily Mail ma’lum qildi. 

Voqea 2021 yilda sodir bo‘lgan, ammo tafsilotlar yaqinda ochiqlangan. Hodisa haqida Tesla kompaniyasining Trevis okrugidagi federal nazorat organiga topshirilgan hisobotidan ma’lum bo‘lgan. 

Qayd qilinishicha, muhandis robotni sozlayotgan paytda to‘satdan avtomobil qismlarini tashuvchi manipulyator ishlab ketgan va mexanik qo‘l odamni devorga qisib qo‘ygan. Uning qisqichlari esa muhandisning orqasi va qo‘liga qadalgan. 

Daily Mail xabariga ko‘ra, xodim tirik qolgan, ammo og‘ir jarohat olgan. Tesla hisobotida muhandisning shifoxonaga yotqizish zarurati bo‘lmagani ta’kidlangan. 

Shu bilan birga, hisobotda robotlar va odamlar bilan bog‘liq boshqa hodisalar ko‘rsatilmagan.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Начинается…

  2. Otabek

    Mashinalar revolutsiyasi yaqin

  3. Aziza

    sad sad sad Be4ora

  4. Dilshod

    Ujas

  5. Komiljon

    Ehtiyot bo’lish kerak endi

  6. Elbek

    Endi Chatgptga rahmat etib turaman rofl

  7. Aziza

    rofl rofl rofl rofl rofl

  8. Guli

    smile bye good

  9. Gulnora

    Vayey

  10. Ан

    Пиздец

  11. Q

    dash

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social