Time jurnali mutaxassislari chorak asrdan buyon har yil Timeʼs Best Inventions — eng yaxshi ixtirolar reytingini e’lon qilib kelmoqda. 2025 yil ham Time insoniyat so‘nggi bir yil davomida yaratgan 300 ta eng buyuk kashfiyotlarni sanab o‘tdi.
Eng yaxshi ixtirolar “Robototexnika”, “Go‘zallik”, “Ko‘ngilochar”, “Salomatlik”, “Dizayn”, “Qishloq xo‘jaligi”, “Oziq-ovqat”, “Sun’iy intellekt” va boshqa toifalarga bo‘lindi. Sanab o‘tilgan yangiliklarning barchasi o‘z sohasida dunyoni u yoki bu tarzda o‘zgartirdi. Innovatsiyalar samaradorlik, salohiyat va ta’sir kabi mezonlar bo‘yicha baholandi.
Lenovo ThinkBook Transparent Display

Shaffof ekranli noutbuk. Ushbu noutbukning dastlabki prototipi ilk bor MWC 2024 ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Qurilma 17,3 dyuymli MicroLED texnologiyali shaffof ekran hamda tugmalarsiz sensorli klaviatura bilan jihozlangan. Lenovo o‘z mahsulotini tabiiy manzaralardan rasm chizuvchi rassomlar uchun mukammal yechim sifatida taqdim etmoqda. Shaffof ekran tufayli rassomlar ilhom manbasini ko‘zdan qochirmaydi, sensorli klaviatura esa grafik planshet vazifasini bajarishi mumkin.
Tecno Pocet Go

Aralash reallik o‘yin qurilmasi. Bu AR ko‘zoynak va geympaddan iborat bo‘lib, unda barcha Windows o‘yinlarini havoda “suzib yuruvchi” oyna shaklida ishga tushirish mumkin. Geympad tovushli tebranish algoritmi bilan jihozlangan. Bu videoo‘yinlarda teskari aloqani ta’minlash va o‘yinga yanada chuqurroq sho‘ng‘ish effektini yaratish uchun zarur.
Huawei Mate XT Ultimate Design

Uch marta buklanishi mumkin bo‘lgan ilk smartfon hisoblanadi. Qurilma ikkita bukilish chizig‘iga ega 10,2 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Yangi modelni “garmoshka” shaklida buklab, oddiy telefon sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, bu eng yupqa telefonlardan biri bo‘lib, yoyilgan holatda qalinligi atigi 3,6 millimetrni tashkil etadi. Ushbu “uch buklama” smartfonning narxi 4 ming dollar.
AstraZeneca FlyMist

Dunyodagi birinchi burun orqali qo‘llaniladigan shprits. Bu FDA tomonidan tasdiqlangan, uy sharoitida emlash uchun mo‘ljallangan qurilma. Unda igna o‘rniga purkagich ishlatiladi. Qurilma ichida gripp yoki kovidga qarshi vaksina mavjud. Ushbu moslamalarni 2025-yildan boshlab dorixonalarda sotish rejalashtirilmoqda.
AirPods Pro 2

Apple kompaniyasining eshitish apparati rejimini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi quloqchinlaridir. Eshitish qobiliyati cheklangan foydalanuvchi quloqchinlarni taqib, maxsus rejimni faollashtirishi mumkin. Bu rejim atrofdagi tovushlarni tutib olib, ularni yuqori ovozda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quloqqa uzatadi. Quloqchinlarning o‘zi 2022 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, ulardagi eshitish moslamasi rejimi faqat 2024 yilda joriy etildi. Shu sababli ular reytingga kiritildi.
Cloudboom Strike LS krossovkalari

Dunyodagi eng yengil poyabzallardan biri hisoblanadi. Ular LightSpray texnologiyasi yordamida ishlab chiqariladi. Krossovkalarning og‘irligi atigi 170 grammni tashkil etib, bozordagi ko‘plab modellardan yengilroq. Bir juft CloudBoom Strike LS ning narxi 330 dollar turadi.
ShedRain The Duo Umbrella

Ikki kishi uchun mo‘ljallangan birinchi soyabon. Bu qurilma ikkita tutqichli teleskopik dastaga ega. Bunday tuzilishi tufayli bu aksessuarni bir vaqtning o‘zida ikki kishi bemalol ushlab turishi mumkin.
Bose Ultra Open

Klipsli quloqchinlar. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu ochiq turdagi yagona quloqchin bo‘lib, uni kun bo‘yi quloqlarni toliqtirmasdan taqib yurish mumkin. Ultra Open’dagi dinamik quloq kanalidan bir oz uzoqroqda joylashgan. Bunday tuzilish atrofdagi ovozlarni eshitishni va atrofda sodir bo‘layotgan voqealardan doimo xabardor bo‘lishni istaganlar uchun qulay. Qurilma IPX4 standarti bo‘yicha namlikdan himoyalangan. Bir marta quvvatlanganda gadjet 7,5 soatgacha ishlaydi. Narxi 300 dollar.
Luum Precision Lash

Kiprik ulash uchun mo‘ljallangan robot. U bir ko‘zga istalgan uzunlikdagi kipriklarni jarrohlik aniqligida atigi 45 daqiqada ulashga qodir. Butun jarayon odamda 3-4 soat o‘rniga ko‘pi bilan 1,5 soat davom etadi. 2024 yilda Luum allaqachon 170 dollar narxidagi 160 mingta muolajani amalga oshirdi. Robotlarni yil oxirida go‘zallik salonlariga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.
Aessape

Professional robot-massajchi. Tizim ikkita robotlashtirilgan qo‘l, yuz uchun teshikli massaj stoli va uning ostida joylashgan planshetdan iborat. Bundan tashqari, foydalanuvchi tanasini skanerlaydigan va 1,1 million nuqtani uch o‘lchovli hisoblash modeliga aylantiradigan sensorlar to‘plami mavjud. Ushbu model asosida davolash rejasi tuziladi. Foydalanuvchi rejani tekshirgach va tana holati, kerakli bosim, musiqa turi kabi boshqa shaxsiy funksiyalarni tanlagach, tizim qolgan barcha ishni o‘zi bajaradi – sizga maxsus moslashtirilgan ajoyib massajni amalga oshiradi.
Asus Zenbook Duo

Ikki ekranli noutbuk hisoblanadi. Qurilma ikkita sensorli OLED-displeyga ega bo‘lib, ularning aniqlik darajasi 2880×1800 nuqtani tashkil etadi, yangilanish chastotasi 120 Gs ga yetadi va tomonlar nisbati 16:10 ga teng. Ikkala matritsa birgalikda deyarli 20 dyuym (19,8″) katta diagonalni ta’minlaydi. Foydalanuvchiga ikkita foydalanish ssenariysi taklif etiladi: pastki displeyni sensorli klaviatura sifatida ishlatish yoki simsiz jismoniy firma klaviaturasida ishlagan holda tasvirni chiqarish uchun ekrandan foydalanish. Zenbook Duo eng yuqori konfiguratsiyasida Intel Core Ultra 9 185H chipseti, 32 GB LPPDDR5X tezkor xotira, 2 TB NVMe PSIe 4.0 ichki xotira va 75 Vt*soat sig‘imli akkumulyatorni taklif qilishi mumkin. Narxi 1500 dollarni tashkil etadi.
Kangsters Wheely-X

Nogironlar aravachasidan foydalanuvchilar uchun dunyodagi birinchi yugurish yo‘lkasi hisoblanadi. U yordamida imkoniyati cheklangan shaxs aravachada tezroq harakatlanish uchun qo‘l kuchini mashq qilishi mumkin. Ushbu qurilma televizorga ulanib, onlayn musobaqalar uchun mini-o‘yinlarni ishga tushirish imkoniyatiga ega.
Hammasini yozmabsilaku
300 tasini qoymisilami hammasini
Unitazni qoymapsila, SI unitaz zorku
A tak ixtirola hozir zor bovotti, kopi hayotinimizni ancha osonlashtirishadi
Asosiysi ommaga chiqishsa boldi
Maqola uchun raxmat
Yoqdi menga.
Airpods tushganiga hayronman, oddiy naushnikku
Yoq, oqib korin, tshunasiz
Qiyin masala
Kop kop ixtirolar haqida yozmapsizlar
Yaxshi, manga yoqdi
Massaj yoqdi hammasidan
Ajoyib narsalar
Prikolniy
Zor, like