Yer sayyorasi uchun eng xavfsiz smartfonlar nomi e’lon qilindi

Yer sayyorasi uchun eng xavfsiz smartfonlar nomi e’lon qilindi

Amerikaning Apple kompaniyasi smartfonlari Yer sayyorasi uchun eng xavfsiz, Xitoyning OnePlus smartfonlari eng zararli deb topildi. 

Yer sayyorasidagi eng ekologik toza smartfonlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Apple, Google va Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan smartfonlar reytingda eng yuqori o‘rinlarni egalladi. Tadqiqotchilar yiliga kamida 1 million smartfon sotadigan kompaniyalar mahsulotlarini o‘rganishdi.

Samsung kompaniyasi reytingda to‘rtinchi bo‘ldi, Motorola, Xiaomi va OnePlus kompaniyalari mahsulotlari eng quyi o‘rinlarni egalladi.

Eng ekologik toza smartfonlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytingi:

1.Apple

2.Google

3.Sony

4.Samsung

5.Vivo

6.Huawei

7.Oppo

8.Alcatel

9.Motorola

10.Xiaomi

11.OnePlus

2022 yilda Apple kompaniyasi issiqxona gazi chiqindilarini 2021 yilga nisbatan 9,96 foizga kamaytirdi. Samsung esa aksincha, xuddi shu vaqt ichida chiqindilar 13 foizga o‘sdi.

Reyting quyidagi mezonlar asosida tuzildi:

• Issiqxona gazi chiqindilari miqdorining yil davomida o‘zgarishi;

• Uglerod neytrallik;

• Chiqindilar miqdorini nolga tushirish maqsadi;

• Plastmassadan foydalanishni kamaytirish;

• Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish;

• Qayta ishlangan chiqindilar ulushi;

• Qayta ishlash maqsadi;

• Qayta ishlangan materiallar ulushi;

• Qayta ishlangan smartfonlar soni.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Бизада 70% одамла Xiaomi дан фойдаланишади

  2. Otabek

    Qoganla esa Iphonedan

  3. ......

    assalomu aliykum Timur hamda Otabek chidan xafsizmikin bu telefonla yani smartfonla

  4. Otabek

    Kim biladi endi, wunaqa hisoblawibti

  5. Isfandiyor

    Eski telefonni kim nima qiladi?

  6. ......

    assalomu aliykum Otabek ha yaxshi Isfandiyor man eski telefonni tashagan bulardim uyi chekkasiga yani ishatmagan bulardim

  7. Isfandiyor

    Sotvormismi? Yoki bowqalaga bervormismi?

  8. Shoxrux

    Wuning u4un ham hamma appleni oladi

  9. Gavhar

    Apple nima u?

  10. Yunus

    Iphonelani 4iqaradi apple

  11. Umar

    Qaysi telefon ogan yaxwiro?

  12. T

    no

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social