Xitoylik mobil gadjet ishlab chiqaruvchilar yanada barchani hayratga solmoqda. Moslamalar nafaqat arzon, balki yaxshi hususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Buning yorqin isboti yangi Manta 7X smartfonidir. Smartfonning hususiyati a`lo darajada, lekin bu asosiy narsa emas. Moslamaning asosiy hususiyati bu korpusda hech qanday tugmaning yo`qligidir. Odatiy kamera, ovoz, yoqish tugmalari mavjud emas.
Qanday qilib foydalanuvchilar moslama bilan ishlashadi? Osongina. Xitoylik muhandislar eski elementlarni zamovaniy analoglarga almashtirishdi. Aniqrog`i, moslamaning old va chetki qismlarida qo`shimcha sensor panellar o`rnatildi. Endi ular yuqorida aytib o`tilgan funktsiyalarni bajaradi.
Texnik jihatdan, Manta 7X smartfoni 5,5 dyuymli (1080 r), 4 yadroli protsessor, Qualcomm Snapdragon 801, 2,5 GGts platforma, 2 GB OZU, 32 GB xotira va 4200 mAch akkumulyatoriga ega.
Shuningdek, moslamada IP55 standart bo`yicha suv va changlarga qarshi himoya, barmoq izlarining skaneri, LTE, chiroyli orqa metalli korpus bilan jihozlangan. Moslamaning narhi $652 ni tashkil etadi.