Haqiqiy yoki render? Bir qarashda ko’z ilg’amaydi

Haqiqiy yoki render? Bir qarashda ko’z ilg’amaydi

Belorusiyalik 3D dizayner Ostap Gordon o’tgan oyda chiqarilgan Unreal Engine kompyuter o’yinlari uchun dvijokning beshinchi avlodida hayratlanarli darajada real ko’rinadigan 3D renderlarni yaratdi.

Sovet davri atmosferasidan ilhomlanib, kichik rus shahrining qish faslidagi ko’rinishi tasvirlangan videoni bir qarashda renderlangan deyish qiyin. Kuniga 7 soatdan 5 kun ichida bir nechta qo’shimcha dasturlar: Blender, Adobe Substance 3D Painter, 3DS Max, Photoshop va boshqalar bilan yaratilgan loyihani ishga tushirish uchun RTX 2080 yoki undan yaxshirog’i kerak bo’ladi.

Yana bir Lorenzo Drago ismli dizayner esa Unreal Engine 5 yordamida Yaponiyadagi Etchū-Daimon poyezd vokzalining o’ta realistik renderlarini yaratdi. Suratlarga qarab, ularning kompyuter texnologiyasi yordamida yaratilganligi birovning yetti uxlab tushiga ham kirmaydi.

Yaqinda chiqarilganiga qaramay, bir nechta o’yin studiyalari allaqachon Unreal Engine 5 bilan o’yinlar yaratishlarini ham tasdiqlashdi. Ulardan biri Crystal Dynamics’ning Tomb Raider o’yini bo’lsa, yana biri CD Projekt Red tomonidan ishlab chiqariladigan The Witcher bo’ladi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    графиками бу? уйинда шунака буладими??? ниче себе

  2. Otabek

    WooW wacko

  3. Asad

    good cool

  4. Izzat

    haqiqiy rasm dib uylabman bowida

  5. Samandar

    qoyil…

  6. Sodiq

    krasivo cool

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social