Viber messendjerida akkauntingizga bog’langan sim karta raqamini almashtirish imkoni paydo bo’ldi. Yangi raqamga almashtirayotganingizda chatlaringiz mazmuni, kontaktlar ro’yxati va boshqa ma’lumotlaringiz saqlanib qolinadi – bu haqida kompaniya veb-saytida xabar berilgan.
Telefon raqamlarni almashtirish faqat SIM-karta bilan ishlaydigan smartfon yoki planshetlar orqali amalga oshirish mumkin bo’ladi, deb qayd etildi.
Yangi imkoniyatdan foydalanish uchun foydalanuvchi faqat qurilmaga yangi SIM-kartani joylashtirishi kerak bo’ladi. Ilova o’zi raqamni almashganini aniqlaydi va suhbatlarni “bulut”ga ko’chirib o’tkazishni taklif etadi, shunda foydalanuvchi zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni saqlab qolish mumkin bo’ladi.