Viber video-qo`ng`iroqli desktop 3.0 versiyasini ishga tushirdi (+video)

Viber video-qo`ng`iroqli desktop 3.0 versiyasini ishga tushirdi (+video)

Bugungi kunda Viber interfeysi qo`llab-quvvatlaydigan tillar soni 20 taga etib, foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib ketgani ma`lum qilingan.

Viber lahzali xabar almashashish va internet-telefon servisi shaxsiy komp`yuterlar uchun ilova-dastur chiqardi. “TechCrunch” xabariga ko`ra, servis o`zining iOS, Android va BlackBerry uchun ilova-dasturlarini ham 3.0 versiyagacha yangilagan. Shuningdek kompaniya  Viber Android  ni qo`llash uchun yangi 8ta tilni xam kiritgan.

Viber shu kungacha faqat iOS, Android, Windows Phone, BlackBerry OS kabi mobil platformalar ostida ishlaydigan qurilmalarda ilova-dastur formatida ishlagan. Endi Viber foydalanuvchilari o`z komp`yuterlaridan ham VoIP-qo`ng`iroqlarni amalga oshirishlari mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, Viber ilk marotaba videoqo`ng`iroq xizmatini ham ishga tushirgan bo`lib, foydalanuvchilar hozircha faqat komp`yuterdan komp`yuterga videoqo`ng`iroqni amalga oshira oladi.

Viber’ning desktop (komp`yuter) versiyasi uning mobil ilovalari bilan bog`langan. Dasturni ishga tushirish uchun foydalanuvchi telefon raqamini kiritishi va unga tasdiq kodini olishi kerak. Viber’dagi aloqa ro`yxati mobil va desktop klient o`rtasida sinxronizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi bir harakat bilan komp`yuterdagi qo`ng`iroqni smartfonda davom ettirishi mumkin. Shuningdek, agar foydalanuvchi bir qurilmadan qo`ng`iroqlar tarixi va xabarlarni o`chiradigan bo`lsa, u barcha qurilmalardagi Viber-akkauntdan o`chib ketadi.


Desktop versiyaning ishga tushirilishidan tashqari, Android-klient 3.0 versiyagacha yangilangan – Viber rahbari Telmon Markoning so`zlariga ko`ra, Android-ilova endi «kamroq iOS, ko`proq Android’ga o`xshab» ko`rinadigan bo`lgan; Android va iOS qurilmalar uchun mo`ljallangan ilova-dasturlardagi aloqa va video-xabarlar sifati yaxshilangan.

Desktop versiya ham taqdim etilganidan so`ng Viber’ning eng asosiy raqobatchisi sifatida Skype internet-telefon xizmatini ko`rsatish mumkin. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Skype foydalanuvchilari soni 560 milliondan oshib ketgan, servis ko`plab ommaviy komp`yuter va mobil operatsion tizimlarga moslashtirilgan.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Lochin

    skypeni bilaman hatto uzim ham ishlataman lekin Viber haqida eshitmagan ekanman rahman bunisidan ham foydalanib kuramiz

  2. big_boy

    PC Suit ni universali ekan bitta plus tarafi bu kup telefonlani qo’llay olarkan

  3. Номаълум

    hozirgi kunda chiqvottgan telefonlaram sal kam komputer vazifasini bajaradigan bub qoldi, bunga uxshash dasturlarni bozori tugadi manimcha

  4. samira

    +79202463130

  5. Diyorbek

    +998932591129

  6. khushru

    Komment:qishloqi

  7. Lochin

    Salom khushru, kechirasiz endi, sizdey aqilli bo’lmaganim uchun…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social