Viber messendjerining ishlab chiqaruvchilari foydali yangilanish haqida xabar berishdi. Viber 5.6.5 versiyasida nafaqat o`z moslamangizdan, balki yana qabul qiluvchi moslamadan jo`natilgan xabarlarni o`chirish imkoniyati paydo bo`ldi.
Ilgari o`chirish tugmasi bo`lgan, ammo xabar faqat jo`natgan tarafdan o`chirish imkoniyati bo`lgan. Endi esa xabarni o`chirish vaqtida, sizga faqat o`zingizda yoki boshqalarda ham o`chirish tanlovi beriladi.
Bundan tashqari, fayllar jo`natish xajmi 200 MB ga o`sdi. Hamda, ishlatadigan format ro`yxati ham kengaytirildi.
Viber 5.6.5 Android va iOS operatsion tizimlar uchun bepul Google Play va App Store da yuklash mumkin.
Manba: news.rambler.ru
энди вайберда хавотир олмасдан ёзишса буладиган булибди