Github dagi Joric niki ostidagi foydalanuvchi afsonaviy Tetris o’yinini TS100 kovyasida ishga tushurdi. U Tetrisni qanday o’rnatish bo’yicha yo’riqnomasini qilgan va o’zining YouTube dagi kanaliga video rolikni joylashtirgan.
Kovya maxsus ekran va kompyuter orqali qayta dasturlash uchun USB portiga ega. USB port orqali Tetris o’yinini kovyaga yozilgan. O’yinni boshqarish esa kovyadagi ikkita tugmacha orqali amalga oshiriladi.
Tetris – juda mashhur o’yin bo’lib, uni 1984 yili Aleksey Pajitnov tomonidan yaratilgan. Bu o’yin ofis hodimlar orasida juda mashhur bo’lgan. 1989 yili esa Yaponiyaning Nintendo firmasining Game boy portative konsolining eng mashhur o’yinlaridan biriga aylangan.