WhatsApp da guruh video chati paydo bo’ldi

WhatsApp da guruh video chati paydo bo’ldi

WhatsApp vakillari rasmiy blogda barcha foydalanuvchilar uchun guruh video chati tez kunlarda mavjud bo’lishi haqida ma’lum qildilar. Ilgari, bu funksiya kichik auditoriya yordamida bir necha oy davomida sinovdan o’tkazilgan edi.

WhatsApp ning barcha foydalanuvchilari bir vaqtning o’zida to’rtta ishtirokchilar bilan video qo’ng’iroqlarni amalga oshirishlari mumkin. Guruh suhbatini yaratish uchun oddiy video qo’ng’iroq paytida ekranning o’ng yuqori burchagidagi “a’zo qo’shish” tugmasini bosing.

WhatsApp guruhidagi video-muloqotlari, chat va muntazam qo’ng’iroqlar singari, shifrlash bilan himoyalangan. Ishlab chiquvchilar turli aloqa sifatidagi tarmoqlarda ishonchli ishlash uchun texnologiyani optimallashtirishni va’da qilmoqdalar.

Shuningdek, WhatsApp hozirgi vaqtda “bir-biriga” ovozli va video qo’ng’iroqlarning umumiy davomiyligi kuniga 2 milliard daqiqaga yetdi deb xabar berdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social