WhatsApp da o’zining stikerlari paydo bo’ldi

WhatsApp da o’zining stikerlari paydo bo’ldi

WhatsApp ishlab chiquvchilari xabar almashish dasturlarida uzoq vaqtdan beri mavjud bo’lgan stikerlarni o’z messenjerida ham paydo bo’lishi to’g’risida xabar berishdi. Yaqin kunlarda “stikerlar” to’plamlari iOS va Android foydalanuvchilariga taqdim etiladi.

Dastlab, WhatsApp jamoasi va ba’zi uchinchi tomon dizaynerlarining stikerlari taqdim etiladi. Keyinchalik, har bir kishi o’z “stikerlar” ni yaratishi mumkin bo’ladi. Biroq, ularni Google Play yoki App Store’da alohida ilovalar sifatida yuborishingiz kerak bo’ladi.

WhatsApp veb-saytida qisqacha yo’l-yo’riqlar va ishlab chiqaruvchilar fikriga ko’ra, ishlab chiqish va kodlashning eng kichik tajribasini talab qiladigan tayyor shablon taqdim etiladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social