Windows va MacOS uchun Office 2019 chiqarildi

Windows va MacOS uchun Office 2019 chiqarildi

Microsoft kompaniya Windows va MacOS uchun Office 2019 ning yangi versiyasini taqdim etdi. U uch yil mobaynida Office 365 da bo’lgan barcha yangiliklarni o’z ichiga oladi.

Yangi “office” da Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Project, Visio, Access va Publisher lar yangilandi. Endi ushbu dasturlarda siz o’zingiz uchun instrumentlar panelini sozlashingiz mumkin.

Word da kontsentratsion rejim, yangi tarjimon va nogironlar uchun yaxshilanishlar qo’shildi.

Excel ma’lumotlarni tahlil qilish, yangi formulalar va grafikalar uchun yangi funksiyalarni o’z ichiga oladi.

PowerPoint da, Morph va Zoom kabi yangi vositalar bilan ajoyib prezentatsiyalar yaratish mumkin bo’ladi.

Yaqin kelajakda, Office 2019 yangilangan ofis to’plami barcha foydalanuvchilar yuklab olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social