Farzandlaringizga tez-tez aytishingiz kerak bo‘lgan 6 ta muhim jumla

Farzandlaringizga tez-tez aytishingiz kerak bo‘lgan 6 ta muhim jumla

MIF” nashriyoti klinik psixologiya bo‘yicha mutaxassis Sherri Kempbellning kitobini nashr etdi. Muallif yaqinlaringiz bilan munosabatlarda o‘zingizning hissiy xavfsizligingizga qanday g‘amxo‘rlik qilish kerakligini aytadi. Beshinchi bobda esa bolalardan tushunishga yordam beradigan foydali iboralar mavjud.

“Seni yaxshi ko‘raman”

Ota-onalar farzandlariga juda ko‘p moddiy narsalarni berishlari mumkin: kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, kitoblar va boshqalar. Ammo juda ko‘p mehr berish esdan chiqib qoladi. Farzandlarimizga ularni sevishimizni aytsak va buni iloji boricha tez-tez qaytarsak, ular biz uchun chinakam kerakli inson ekanligini his qilishadi. “Men seni yaxshi ko‘raman” iborasi bolalar xatoga yo‘l qo‘yganida ularga jasorat, ishonch va yordam beradi. Ushbu uchta oddiy so‘z yaralarni davolaydi va quvonch keltiradi.

O‘ylab ko‘ring: bolalar o‘zlarini sevishni qanday o‘rganishadi? Bolalarga ularni yaxshi ko‘rishimizni aytsak va so‘zlarimizni amalda isbotlasak, ularga o‘zimizga va boshqalarga bo‘lgan muhabbatni singdiramiz.

“Sen bilan faxrlanaman”

O‘zini o‘zi hurmat qilish uchun bolalar mutlaqo qo‘llab-quvvatlash va mehrga muhtoj. Ular bunga juda muhtoj. Bolalar birinchi bo‘lib taassurot qoldirmoqchi bo‘lgan odamlar — ota-onalardir. Bolalar qiladigan deyarli hamma narsa bizning mehrimiz va e’tiborimizga tushish uchun qilinadi. Ha, ko‘p ota-onalar farzandlariga ular bilan faxrlanishlarini aytadilar, lekin bu so‘zlarning miqdori, sifati va samimiyligi muhimdir. Shuningdek, quchoqlash, sevgi va bolalarning yonida bo‘lish ham ahamiyatli. Ota-ona sifatida har doim ham farzandlarimizning harakatlaridan qoniqmaymiz. Biroq biz ularni eng qiyin vazifa – mustaqillik sari qadam tashlagani uchun ham maqtashimiz kerak.

“Men xato qildim, kechir, sen haqsan”

Farzandlarimiz oldida xato qilganimizni tan olish uchun ochiq va o‘zimizga ishongan bo‘lishimiz kerak. Shunday yo‘l bilan biz ham inson ekanligimizni va mukammal emasligimizni ko‘rsatamiz. Agar ular bizning xatomizdan jabr ko‘rgan bo‘lsa, ularga hamdardlik bildirishimiz kerak. O‘zlarining nomukammalligini tan olish uchun ota-onalar xolis bo‘lishlari kerak. Agar xatolarimiz uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olsak, bolalarga o‘zlarining nomukammalliklarini tan olish va qabul qilish jasoratiga ega bo‘lishga yordam beramiz. Bu orqali bolalar mukammallikni emas, balki muvozanatga erishishni o‘rganadilar. Xatolaringiz uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olish bag‘rikenglik va ochiqlik muhitini yaratadi. Keyinchalik bu muhit bolalarimiz kelajakdagi barcha munosabatlarni qurishni o‘rganadigan poydevorga aylanadi.

“Men seni kechiraman — mukammal bo‘lishing shart emas”

Hech birimiz mukammal emasmiz. Ideal ota-ona yo‘q. Hammamiz ham vaqtni behuda sarflaymiz, va’dalarni buzamiz, muhim narsani unutamiz va boshqa ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Hech birimiz o‘zimizga, shu jumladan, birovlarning ishonchini to‘liq oqlamaymiz.

Bolalarni tarbiyalashda ularga oddiy inson bo‘lish imkoniyatini berish uchun bularning barchasini yodda tutishimiz kerak. Hech kim, yoshidan qat’i nazar, yomon tanlov yoki xato haqida eslatishni yoqtirmaydi. Biz ota-ona sifatida muvozanatni topishimiz kerak: bolalar o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunishlari, shu bilan birga bolalar ham his-tuyg‘ularga ega ekanligini unutmasligimiz kerak. Bizning vazifalarimiz, kamchiliklariga qaramay, ularga mehr-muhabbatga loyiq ekanliklarini anglash, to‘g‘ri intizomiy choralarni tanlash va xato qilsalar, bolalarni kechirishdir.

“Sen bilan birgaman va seni eshitaman”

Bolalarni tinglash juda muhim, shunda aytayotgan gapimizga tushunayaptimi, yo‘qmi, bilib olamiz. Tinglash orqali ularning ichki dunyosiga qarash va o‘zaro yoqimli suhbatni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Tushunmovchilikning oldini olish uchun bolalarga ularning so‘zlaridan eshitganimizni yana bir bor takrorlash va hamma narsani to‘g‘ri tushunganimizga ishonch hosil qilgan ma’qul. Agar shunday bo‘lsa, bolani rag‘batlantirishimiz, yo‘naltirishimiz va maqtashimiz mumkin. Salbiy aloqa u o‘zini muhim his qilmasa paydo bo‘ladi, chunki eshitish – o‘z qadr-qimmatini his qilishning asosiy komponenti hisoblanadi.

“Senda muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsa bor”

Muvaffaqiyat tushunchasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat va qat’iyat natijasi sifatida tushunish bolalarda juda erta paydo bo‘ladi. Biz bolalarni o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini biladigan, o‘zlarini sevadigan qilib tarbiyalashimiz lozim. Bunday holda bolalarimiz uchun nizolarni yengish va salbiy fikrga qarshi turish osonroq bo‘ladi. Bolaning muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsaga ega ekanligiga ishonchi unga hayotga va kelajakdagi narsalarga nisbatan optimistik qarashga yordam beradi.

Farzandlarimizga beradigan eng muhim sovg‘alarimizdan biri bu — ularga bo‘lgan ishonchimizdir.

Kommentlar: 23 komment. 23 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Parizod

    Bizni oilada bunaqa gapla bumidi

  2. Тимур

    Нимага унака?

  3. Aziza

    Raxmat

  4. Davlatnazarov

    Bar4a farzandla baxtli busin. Omin

  5. Shodiya

    Juda muhim gapla

  6. ......

    assalomu aliykum hammaga bu gapla yaxshi bugaplarni farzandla eshitishsa ularga qanaqadur ragbatlantirish buladi manimcha haya Parizod nega sizzi uyizda bunaqa gapla bumiydi deb etvos

  7. Parizod

    Wunday bumagandan keyin etamande.

  8. ......

    assalomu aliykum Parizod deme unaqa gapla etilmiydi sizga

  9. Parizod

    Ha, tugri

  10. ......

    Parizod xafa bumen doim kulib uzizni uziz hursand qilib yurin hop

  11. Parizod

    Foydasi bomi?

  12. ......

    assalomu aliykum Parizod ha foydasi ozmuncha buladi ishoning faqat uzizga har narsani olib xafa bumen foydasi buladi qilib kuring

  13. Parizod

    Raxmat

  14. Sayyora

    Bar4amizga farzandla nasib qisin

  15. Parizod

    Yaxwi niyat

  16. Тимур

    Яна бир марта укиб чикдим шу маколани

  17. Parizod

    Yoqtimi?

  18. Qodiriy

    Yaxshi maqola, raxmat

  19. Parizod

    Assalomu alaykum, …. wu yerdamisz?

  20. Yusufbek

    Farzandla Xudodan sovg’a! Har birimizga ota-onalik baxti nasib qisin.

  21. Jinuri

    Rahmat

  22. Gulli

    men hali turmush qurmaganmanu lekin ancha organib oldim lekin jiyanimga by gaplarni aytaman uyda hech kimni aytganini qilmasayam men nima desam qiladi bazida bolaga xuddi kattalrga aytadiganday gapirish kerak manimcha

  23. To'maris

    Bolani emas, balki o’zimizni tarbiyalashimiz kerak. Shunda bola qarab, siz qilgan ishlarni takrorlaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social