Windows Xp yoki Windows 7 ?

Windows Xp yoki Windows 7 ?

Hozirgi kunda deyarli barcha soxaga komp`yuter texnologiyasi kirib borgan, xar bir karxona va hattoki har bir xonadonga. Kundalik hayotimizdagi ishlarimiz bora bora ko`p foizi komp`yuterga bog`liq bo`lib qolmoqda. Shunday ekan, komp`yuterning uzluksiz ishlashi ham juda kerakli bo`lib bormoqda.

Vaqti vaqtidan biz o`z ishimizda yoki uyimizdagi komp`yuter operattsion tizimini qaytadan o`rnatishga, yoki yangilashga to`g`ri keladi. Bunga sabablar bir qancha bo`lishi mumkin, masalan: komp`yuterga virus tushishi yoki zararli dastur oqibatida, balki komp`yuterimiz qattiq diski ishdan chiqishi mumkin, yoki bo`lmasam butunlay yangi komp`yuterga operattsion tizim o`rnatishimiz kerak bo`lib qoladi. Bu kabi sabablar juda ko`p keltirishimiz mumkin, lekin aynan mana shu vaqtda bizning qaysi operatsion tizimni tanlashimiz kerakligi borasida o`ylanib qolishimiz mumkin.

Hozirda Windows ning juda ko`plab versiyalari mavjud. Biroq ularning ichida eng mashxuri va foydalanuvchilar tomonidan e`tirof etiladigani bu Windows Xp va Windows 7. Windows Xp 2001 yilda chiqqaniga qaramasdan, uning ishonchligi, ko`p funktsiyaviyligi, foydalinishdagi qulayligi bilan hozirgi kunda operatsion tizimlar ichidagi eng mashhurlaridan biri bo`lib qolmoqda. O`z navbatida Windows 7 Microsoft kompaniyasining yangi operatsion tizimi. Operatsion tizimlar tanlash borasidagi baxs ham aynan mana shu ikkalasi orasida boradi.

Keling ikkala operatsion tizimning afzallik va kamchilik taraflarini ko`rib o`tsak:

– Ko`pchiligimiz Windows Xp operatsion tizimiga drayver topish muommasiga duch kelganmiz. Windows 7 da bunday muammo bartaraf qilingan. Windows 7 internetdan o`ziga kerakli bo`lgan drayverlarni avtomatik tarzda topib, uni o`rnatadi. So`zsiz  bu borada Windows 7 Windows Xp dan ancha ilgarilab ketgan. Lekin shu bilan bir qatorda Siz Windows Xp operatsion tizimida ishlashga o`rganib qolgan dasturlaringizning ko`pchiligi Windows 7 operatsion tizimida ishlamasligi mumkin. Albatta bu muammoni “tsentr sovmestimosti programm” ilovasi orqali to`g`irlasa ham bo`ladi, ammo shundan keyin ham dasturlarning ishonchli ishlashiga kafolat yo`q. Buning uchun foydalanuvchi o`ziga kerakli bo`lgan dasturlarni internetdan yoki boshqa manbalardan qidirib topishiga to`g`ri keladi.

– Operatsion tizimlarning eng muhum taraflaridan yana biri – bu uning ishlash tezligi. Bu borada esa Windows 7 da katta ustunlik bor. Qattiq diskga ma`lumotlar yozish, ularni ko`chirish, arxivdan chiqarish va shunga o`xshash barcha amallar Windows 7 operatsion tizimida Windows Xp bilan solishtirganda tez amalga oshiriladi.

– Yana bir ko`rib o`tadigan komponent – bu grafika va video o`yinlar. Hozirgi kunda Windows Xp video o`yinlar uchun eng tezkor operatsion tizim bo`lib qolmoqda. Windows 7 da esa bu borada bir qancha muammolar mavjud.

Mana ko`rib turganimizdek operatsion tizimni tanlash, aniq bir vazifa va komp`yuterning imkoniyatidan kelib chiqadi. Yani katta xajmli operativ xotiraga ega bo`lgan komp`yuterlar uchun Windows 7. Ammo sizning qo`lingizda uncha kuchli bo`lmagan o`rtamiyona komp`yuter yoki noutbuk bo`ladigan bo`lsa, unda Windows Xp ni tanlagan ma`qul.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jas

    Manimcha Google etainning o’zini komputerlar uchun mo’ljallangan operatsionkasini yozadi. Mana uje Android bor. Endi yana bitta moshniy operatsionka chiqarsa Microsoftti uch qo’rg’ondan ko’rsatadi. Hullas bolalarim, quloq solilar. Yaqinda Google-ga hamma soft bo’yicha korporatsiyalar taslim bo’ladi. Bu fakt. O’zi shundog’am hozir internetti ancha qismi Googlga tegishli.

  2. нодир

    лекин Виндоус 7 гап ёк, у менга жуда ёкди…

  3. madina

    xa menga xam bu otam yangi noutbook sovg’a qildi, va unda Windows 7 urnatilgan, rostini aytsam windows xp dan ancha ayxshiroq va engilroq ishlaydi. windows 7 xammaga tavsiya qilaman!

  4. Номаълум

    лекин виндоус хр бизнинг ота бобомиздан колган smile унга хам катта хурмат билан караш керак

  5. шухрат

    Муаллиф: Номаълум тогри айтингиз виндоус хр булмаганда, виндоус 7 хам келмасди :)))))

  6. Салом

    Виндовоз 7 яхши. Манда анчадан бери Виндовоз 7 турибти. Лекин кеча ХПли компютерга утирсам буладими. Вой вообщем нокулай экан. 7га одам урганиб колибти.

  7. нодир

    энди виндоус ХП пенсияга чикиши керак!!! :)ёш виндоус 7 уйёл бериши керак…

  8. hi tech

    виндоус 7 ни хали тулалигича урганиб булмадигу, уже виндоус 8 чикди, билмадим бу ривожланишнинг кетидан кандай етиб оламиз?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social