Xiaomi Mi Notebook Pro noutbukni, Mi MiX 2 va Mi Note 3 smartfonlarni taqdim etdi

Xiaomi Mi Notebook Pro noutbukni, Mi MiX 2 va Mi Note 3 smartfonlarni taqdim etdi

Xiaomi Mi Notebook Pro

Noutbuk kulrang metal korpusga, Gorilla Glass 3 shisha bilan himoyalangan displeyga va barmoq izlari skaneri sensorli panelga ega bo’ldi. Mi Notebook Pro tugmachalari MacBook Pro-ga nisbatan 19% ga kattaroq va klaviatura orqa nuri ham mavjud.

Korpusda HDMI ulagich, ikkita USB-A, SD-karta ulagichi, ikkita USB Type-C va 3,5 mm naushnik uchun joylar mavjud. Noutbukning og’irligi 1,95 kg, o’lchamlari esa 360,7 × 243,6 × 15,9 mm. Mi Notebook Pro batareyasi tez zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydi.

Noutbuk Intel Core i5 yoki i7 protsessorida ishlaydi. Asosiy versiyada 256 Gb SSD-disk mavjud va qo’shimcha bitta disk uchun ham joy mavjud. Grafikalar uchun alohida grafik karta NVIDIA GeForce MX150 va RAM 8 GB/16 GB mavjud.

Mi Notebook Pro eng kuchlisi (i7 + 16 GB + 256 Gb) 6999 yuanga ($ 1080) sotiladi; eng arzon model 5599 yuanga (i5 + 8GB + 256GB) yoki 865 dollarga baholanadi.

6

Xiaomi Mi Mix 2

Mi MIX 2 18:9 foiz aspektli 5,99 dyum displeyga ega bo’ldi.

Dizayn ko’p o’zgargani yo’q, faqat pastki ramka kamaydi. Smartfon korpusi keramikadan qilingan, yon tomonda esa metall ramka joylashgan. Kamera linzalari oltin bilan bezatilgan.

7

Xitoyda Mi Mix 2 sotuvi 15 sentyabrdan boshlanadi. 6 GB + 64 GB ega bo’lgan moslama 3299 yuanga ($ 506), 6 GB + 128 GB uchun 3599 ($ 550), 6 GB + 256 GB – 3999 yuanga ($ 613) sotiladi. “Premium” modeli uchun unibody-korpus bilan, 8 GB RAM va 128 GB xotira 4699 yuan turadi (taxminan $ 720).

Xiaomi Mi Mix 2 ning xususiyatlari:

  • Displey: 5.99 dyum, 2 × 160 × 1080 piksel.
  • Protsessor: Snapdragon 835.
  • Xotira: 6 Gb RAM va 64, 128 yoki 256 GB ROM.
  • Kamera: 12 MP – asosiy, 5 Mp – oldingi.
  • Batareya: 3,400 mAh Quick Charge 3 tezda zaryadlash bilan.

5

Xiaomi Mi Note 3

Mi Note 3, Mi 6 ning takomillashtirilgan versiyasi bo’lib, ular bir xil dizaynga, metall ramka va shishali orqa taraflarga egadir. Bundan tashqari, smartfonlar ikkita optik zoomga ega bo’lgan ikkita 12 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Barmoq izi skaneri ekranning ostiga qo’yildi.

Protsessor sifatida Snapdragon 835 ni emas, balki o’rtacha narx smartfonlar uchun Snapdragon 660 chipi tanlandi. Displey diagonali 5,5 dyum, o’lchamlari – 1920 × 1080 piksel.

2

Mi Note 3 ning 64 GB ga qora rangdagi versiyasi 2 499 yuanni ($ 383) tashkil etadi. 2,899 yuan ($ 445) versiyasi 128 GB xotira bilan. Ko’k rangdagi smartfon narxi 2,999 yuan ($ 460).

Xiaomi Mi Note 3 xususiyatlar:

  • Xotira: 6 Gb RAM va 64 yoki 128 Gb ROM.
  • Kamera: 12 + 12 MP – asosiy, 8 Mp – old.
  • Batareya: 3,500 mAh Quick Charge 3 tezda zaryadlash bilan.

3

Manba: Lifehacker

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social