Xiaomi o’yin noutbukini taqdim etdi

Xiaomi o’yin noutbukini taqdim etdi

Xiaomi birinchi o’yin noutbukini taqdim etdi. “Mi Gaming Laptop” oldingi “Mi Notebook Pro” ga o’xshaydi. Noutbuk matoviy alyuminiy korpusga ega va qopqog’ida hech qanday logo mavjud emas. Yangi noutbuk korpusining to’rtta joyida turli rang-barang chiroqlari bilan farq qiladi.

Mi Gaming Laptop ingichka 15,6-dyumli FullHD-ekran, Intel Kaby Lake Core i7-7700HQ protsessor va NVIDIA GeForce GTX 1060 vidokarta bilan jihozlangan. Hamda uning ichida 16 GB operativ xotira, 256 GB SSD va 1 TB xotira mavjud. Noutbukning ikkinchi versiyasi esa GTX 1050 Ti videokarta, 8 GB operativ xotira, 128 GB SSD va 1 TB xotiraga ega.

70

Mi Gaming Laptop korpusining qalinligi – 20,9 mm, ekrani esa – 9,9 mm ni tashqil qiladi. Klaviatura shuningdek RGB-yorug’lik va to’rtta programlanadigan tugmalar bilan jihozlangan. Laptopda to’rtta USB 3.0, ikkita USB Type-C va bitta HDMI chiqishlari mavjud. Bundan tashqari, 3,5 mm naushnik uchun ham chiqish joyi mavjud.

71

Moslaman dinamiklari Dolby Atmos atrof-muhit ovoz texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi. Moslama ikki ventilyator va “Tornado” tugmasi bilan jixozlangan, ular 10 daqiqa ichida 3-5 ° C gacha sovutishi mumkin.

Mi Gaming Laptop 13-aprel kuni Xitoyda sotuvga chiqariladi. Yuqori model taxminan 1440 AQSh dollari, kichkinaroq model – 960 AQSH dollar bo’lishi kutilmoqda.

72

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social