Yangi LG monitorlar!

Yangi LG monitorlar!

Janubiy koreyaning LG kompaniyasi ommaga yangi monitorlar seriyasini taqdim etdi. Bu monitorlar “bulutli” saqlash serverlari bilan hamda ma`lumotlar bilan ishlash uchun ishlab chiqarilmoqda.

Yangi texnologiya yordamida ishlab chiqarilayotgan monitor, har bir insonning kundalik hayotiga kirishga ulgurgan personal komp`yuterning o`rnini egalashi mumkin.

R seriyali monitorlarning siri shundaki, ular mustaqil ravishda Internetga o`lanaoladi, klaviatura va sichqoncha uchun portlarga ham ega. Lekin na protsessor, na qattiq disklar va na operativ xotiralar bu monitorlarda bor.

PC-over-IP protokolidan foydalanib monitor foydalanuvchi kiritgan ma`lumotlarni masofada joylashgan serverga “jo`natadi”, so`ngra u erda ma`lumotlar qayta ishlanadi. Ma`lumotlarni qabul qilishda esa “bulutdan” monitorga himoya kanali orqali qayta ishlangan ma`lumotlar natijasi faqat grafik ma`lumot ko`rinishida jo`natiladi.

Foydalanuvchi va masofada joylashgan server bilan bo`lgan bunday aloqa usuli “nolli klient” nomini olgan. Sababi foydalanuvchi moshinalarida hech qanday hisoblash amallari bajarilmaydi. Onlayn – servislar va masofada joylashgan ma`lumotlarni saqlash joylari rivojlanishi bilan ushbu texnologiya ofis kompyuterlarning o`rnini egallashi mumkin va qolaversa boshqa “ermak” bo`lmagan personal komp`yuterlarning ham.

Gizmag aytishicha – foydalanuvchiga endi faqat terminal va trafik uchun pul to`lash kerak bo`ladi. Apgreyt, profilaktika va dasturiy ta`minot uchun bo`lgan xarajatlar endi xosting kompaniyalari zimmasida bo`ladi, qolaversa elektr quvvati uchun to`lovlar kamayishi mumkin, sababi shaxsiy komp`yuterlardagi sistem bloklar kerak bo`lmaydi.

Bugungi kunda “nolli klientlar” odatiy shaxsiy komp`yuterlardan faqat bazi bir o`yinlar o`ynash imkoniyati yo`qligi, balki grafika ishlash tezligi pastligi taraflaridan bir oz ustunlikni boy berishi mumkin. Undan tashqari, bazilar “bulutlarda” saqlanib turgan ma`lumotlar xafsizligi juda past darajada bo`lishi mumkinligi haqida ham aytishmoqda.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. usmon

    texnologiya yomon emasku,lekin kiyin buladi u bilan

  2. jon

    voobjsem noqulay!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social