Yaponiyada $1 millionga robot sotilmoqda (+video)

Yaponiyada $1 millionga robot sotilmoqda (+video)

Amazon internet do`konining Yaponiya bo`limida “Kuratas” ya`ni 4 metrlik robot misolidagi kiyim sotilmoqda. Mazkur robot 120 million ien narxida sotilmoqda va bu bir million AQSh dollariga yaqindir. Ushbu robot “Yahoo Auctions” auktsionida harid qilingan qismlardan yig`ilgan va uning va`zni 4,4 tonnaga teng.

Katta va`znga ega bo`lgan bunday robotni etkazib berish oson bo`lmadi va haridor Kioto (Yaponiya) shaxridan bo`lishi kerak ekan. Bundan tashqari, haridorning o`zi robotni yig`ishi va uning qo`llari uchun alohida pul to`lashi ham kerak ekan.

Kuratas 2012-yilda taqdim etilgan bo`lib, u dizel` yonilg`isida ishlaydi va soatiga 10 kilometr tezlik bilan harakatlanadi. Mazkur robot kabina ichidan odam tomonidan yoki tashqaridan iPhone yordamida boshqarilishi mumkin.

Robot tana, qo`l va oyoqlari bilan harakatlanishi, “zambarak”lardan suyuqliklar otishi va hamda to`rt g`ildiraklar yordamida ko`chalar bo`ylab harakatlanishi mumkin.

Video:

Manba: http://hitech.vesti.ru/

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social