Yaponiyada yurak shaklidagi telefon sotuvga chiqadi (+video)

Yaponiyada yurak shaklidagi telefon sotuvga chiqadi (+video)

Yaponiyaning Ymobile kompaniyasi bozorga Heart 401AB mobil telefonini chiqarishni rejalashtirmoqda.

Heart 401AB ning asosiy va yagona maxsus hususiyati bu aylantirish mexanizmidir. U orqali telefon yurak shakliga o`zgarishi mumkin.

Mazkur telefon faqat qo`ng`iroqlarni amalga oshirish uchundir, boshqa funktsiyalari mavjud emas. Masalan, unga siz sms xabarini yozolmaysiz, selfi qilolmaysiz (unda nafaqat oldi, balki orqa kamera ham yo`q) va ushbu rasmni internetga ham joylashtirolmaysiz.

Heart 401AB ning va`zni 59 gramm, qalinligi esa – 23 mm, 128×36 piksel` displeyga ega. Moslama shu yilning mart oyida sotuvga chiqadi va uning narhi hozircha noaniq.

*Manba

Foto: ©CNET

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Qiziqarli ixtirolar chiqa boshladi demak bu degani zamonimiz yanada rivojlanish arafasida bu yaxshi ishlarning hammasi insonlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqarilgan ularning ishlariga rivoj tilab qolaman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social