YouTube tanaffus qilishni taklif qiladi

YouTube tanaffus qilishni taklif qiladi

YouTube ning yangi mobil versiyasi uzoq vaqt davomida video tomosha qiluvchi foydalanuvchilarni ogohlantirishni boshladi. “Tomoshadan dam olish kerakligini eslatish” funksiyasi Android va iOS dasturlarida paydo bo’ldi.

Foydalanuvchilar taymerni 15, 30, 60, 90 yoki 180 daqiqaga sozlashi mumkin. Belgilangan vaqt o’tgach video ko’rsatilishi to’xtatiladi va ekranda bir oz dam olish taklifi eslatma tarzda namoyish etiladi. Hisoblagich ilovani yopish yoki video to’xtatilgan vaqtni hisobga oladi.

Funksiyani faollashtirish uchun, profil belgisini bosing, “Sozlamalar” ni ochib va “Umumiy” bo’limga o’tishingiz kerak bo’ladi. Agar xohlasangiz, ogohlantirishni o’tkazib yuborishingiz yoki butunlay o’chirib qo’yishingiz mumkin.

YouTube “raqamli salomatlik” (Google Wellbeing) g’oyasini o’zida mujassam etgan birinchi dasturdir. Bu tushuncha, foydalanuvchi xulqini shakllantirishga qaratilgan va o’tgan hafta Google I/O konferensiyasida taqdim etildi.

Bu bahorda chiqadigan Android P, Google Wellbeing asosiy yangiliklardan ayrim dasturlar ishlatishda qanchalik uzoq va tez-tez ishlatilganini ko’rsatadigan bir yangi axborot paneli paydo bo’ladi. Bu dasturlardan foydalanish vaqtini cheklash mumkin bo’ladi: masalan, Instagram bir yarim soatlik kunlik chegarani o’rnatish mumkin, ilova shundan so’ng oq va qora bo’lib qoladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social