YouTube yangi dizayn va funksiyalar bilan o‘zgartirilmoqda

YouTube yangi dizayn va funksiyalar bilan o‘zgartirilmoqda

Foydalanuvchilar videotasvirni barmoqlari bilan yoyib, kattalashtirib tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Google kompaniyasi YouTube pleyerining barcha qurilmalar uchun dizayni o‘zgartirilayotganini e’lon qildi. Bu haqda YouTube blogida ma’lum qilingan.

YouTube’dagi videoroliklarni aylantirishda xronometraj tasmasida aniq prevyu kadri ko‘rinib turadi. Bu esa foydalanuvchilarga videodagi kadrlar bo‘yicha kerakli lahzalarni osongina topib olish imkonini beradi.

Foydalanuvchilar shuningdek, xuddi fotogalereyalardagi suratlarni kattalashtirib ko‘rgandek, tasvirni barmoqlari bilan kengaytirish imkoniga ham ega bo‘lishadi. Ushbu funksiya pinch-to-zoom deb nomlandi. Avvalroq Google ushbu opsiyani YouTube Premium obunachilari orasida sinab ko‘rgan.

Shuningdek, YouTube’da «rangni dinamik tanlash» deb ataluvchi funksiya ham paydo bo‘lmoqda. Bu funksiya sharofati bilan interfeysning rang gammasi videodagi ustunlik qilayotgan rangga qarab tusini o‘zgartiradi. Ilovalar va veb versiyadagi qora mavzular yanada qorong‘ilashadi: agar kulrang tuslardan foydalanilgan bo‘lsa, endi ularning barchasi birdek qora tusda bo‘ladi.

Google kompaniyasi bu yangilikni 24 oktyabrdan boshlab joriy qila boshlashini e’lon qildi. Sekin-asta ular barcha foydalanuvchilar uchun imkonli bo‘ladi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Красиво

  2. buladi

  3. Usmanchik

    Qulayro bupqoldi

  4. Manda uzgargani yo

  5. Oldin yaxwiro edi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social