NASA James Webb teleskopi yordamida olingan koinotning eng aniq tasvirlarini chop etdi (foto)

NASA James Webb teleskopi yordamida olingan koinotning eng aniq tasvirlarini chop etdi (foto)

James Webb kosmik teleskopi uzoq koinotning eng teran, eng aniq va batafsil tasvirini oldi. Bu haqda AQSH Milliy aeronavtika va kosmik ma’muriyati (NASA) saytida ma’lum qilindi. Bu, shuningdek, teleskop tomonidan olingan dastlabki to‘liq rangli fotosuratlardan biridir.

Surat teleskopning yaqin infraqizil kamerasi NIRCam yordamida olingan. Unda NASA tomonidan tasvirlangan SMACS 0723 galaktika klasteri aks etgan bo‘lib, u “osmonning qum zarrasiga teng maydonini egallaydi”. Suratni olishga bir necha hafta vaqt ketgan.

NASA aniqlik kiritishicha, SMACS 0723 teleskop uchun gravitatsion linzadir va o‘zining orqasidagi uzoqroq galaktikalarni kattalashtirib ko‘rsatadi. NIRCam ushbu galaktikalarning ilgari ko‘rilmagan “mayda tuzilmalarini” suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

James Webb — insoniyat tomonidan koinotga uchirilgan eng katta va eng kuchli teleskopdir, deyiladi Yevropa kosmik agentligi (ESA) ma’lumotlarida. Qurilma NASA, ESA va Kanada kosmik agentligining (CSA) birgalikdagi ishlanmasidir. Uning yordami bilan olimlar kosmosning rivojlanish bosqichlarini — quyosh tizimi va boshqa galaktikalarni o‘rganishi mumkin bo‘lmoqda.

Bortida James Webb teleskopi bo‘lgan Ariane 5 raketa-tashuvchisi 25-dekabr kuni Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan havoga ko‘tarilgan.

Teleskop Yerga birinchi suratni 2-fevral kuni, Yerdan 1,5 million kilometr uzoqlikdan turib yuborgan. Unda Quyoshdan taxminan 260 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan va unga o‘xshash HD 84406 yulduzining 18 ta tasviri ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, olimlarning bu yulduzga ilmiy qiziqishlari bo‘lmagan —  u yorqinligi va oson identifikatsiyasi tufayli tanlangan.

Tasvirlar yorug‘lik NIRCam’ning yaqin infraqizil kamerasiga kirib borishini va barcha qurilmalar to‘g‘ri ishlashini isbotladi.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Mansur

    krasota!

  2. Otabek

    koinot naqadar gozal good

  3. LL

    kiss kiss kiss kiss kiss

  4. Ezoza

    qoyiiil

  5. Yunus

    hayot guzal, alhamdulillah

  6. Aziza

    wow kiss

  7. Nozim

    kosmonavt buliw katta orzuim!

  8. Otabek

    Orzuingizga yetishing!

  9. Shoxrux

    juda 4iroyli, nlo bomikan?

  10. shukur

    qoyil

  11. Yasmina

    kiss

  12. Jasur

    krasota!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social