1-avgust test natijalari e’lon qilindi

1-avgust test natijalari e’lon qilindi

1- avgust kuni o’tkazilgan test sinovlari natijalari Davlat test markazi saytida e`lon qilindi. Test natijalarini quyidagi havolaga o’tgan holda, javoblar varaqasi raqamini kiritib, natijalarni bilib olish mumkin.

O’qishga kira olmaganlarga «TAVSIYA ETILMAGAN» degan yozuv chiqadi, O’qishga kirganlar, TO’LOV KONTRAKT degan yozuv chiqadi.

Birinchi kun test natijalariga ko’ra davlat granti bo’yicha eng yuqori ball Yuridik universitetida 223,5 ballni tashkil etdi. To’lov-kontrakt bo’yicha eng yuqori o’tish balli esa 176,7 ballga teng bo’ldi (bu Yuridik universitetda kontraktning birinchi o’rnida turgan abituriyentning balli, kontraktga kirish balli esa pastroq bo’lgan).

Talaba bo’lganlarni chin qalbdan qutlab qolamiz!!! Talaba bo’la olmaganlar esa, ko’nglingizni aslo tushirmanglar. Yetti marta yiqilsangiz ham, 8 marta yana o’rningizdan turib, yurishda davom eting va siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social