Ispaniya, El` Klassiko: “Barselona” “Real” ustidan g`alaba qozondi(+video)

Ispaniya, El` Klassiko: “Barselona” “Real” ustidan g`alaba qozondi(+video)

Ispaniya chempionatining 28-turidan o`rin olgan “Barselona” va “Real” jamoalari o`rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar g`alaba qozonishga muvaffaq bo`ldilar.

Uchrashuvdagi hisobni “Barsa” ochdi. Met`yo Messining ajoyib uzatmasidan so`ng boshi bilan Madrid klubi darvozasini aniq nishonga oldi.

Oradan ko`p o`tmay, “Real” javob golini kiritishga erishdi. Bu golda Benzemaning “pas”ini alohida e`tirof etish joiz. U tovonlari bilan to`pni Ronalduga etkazdi va Krishtianu Bravo qo`riqlayotgan darvozani ishg`ol etdi.

Ikkinchi bo`limda esa “Barselona” yaqqol ustunlik qildi va buni hisobda ham aks ettira oldilar. Dani Alvesning zargarona uzatmasini Luis Suares o`ziga o`nglab, Kasil`yas darvozasining o`ng burchagiga aniq yo`lladi.

Uchrashuvda ana shu hisob o`zgarmay qoldi va “Barselona” musobaqadagi peshqadamligini yanada mustahkamlab olishga erishdi.

Video:

Barselona – Real Madrid 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 19 Mat`e, 1:1 – 31 Ronaldu, 2:1 – 56 Suares.

“Barselona” – Bravo, Mat`e, Pike, Al`ba, Dani Alves, In`esta (Xavi, 80), Maskerano, Rakitich (Buskets, 76), Messi, Neymar (Rafin`ya, 85), Suares.

“Real Madrid” – Kasil`yas, Ramos, Karvaxal`, Pepe (Varan, 73), Marselo, Isko (Xese, 80), Beyl, Kroos, Modrich (Lukas Silva, 88), Benzema, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Pepe (21), Suares (28), Al`ba (37), Ronaldu (37), Ramos (45), Karvaxal` (48), Modrich (52), Maskerano (61), Isko (64), In`esta (65), Dani Alves (71).

Manba: UFF.UZ

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bale

    Real muxlislari uz komandasi uchun oxirgacha turib berishlari kerak!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social