1 dekabr` kuni jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurash kunini nishonlaydi. Bugungi kunda insoniyatga jiddiy xavf tug`dirayotgan mazkur muammo hech qaysi mamlakat aholisini befarq qoldirayotgani yo`q. O`zbekiston OITSga qarshi kurashga qaratilgan sa`y-harakatlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir.
Butun Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti tomonidan OITS bo`yicha butun dunyoda o`tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq: Hozirgi kunda jahon bo`yicha 42 mln. kishi OIV infektsiyasiga chalingan bo`lsa, har yili ularning safiga yana 2 mln. 700 ming nafar kishi qo`shiladi. O`tgan davr mobaynida qariyb 2 mln.ga yaqin odam bu kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumdi. Har minutda 11ta odam IITVni o`ziga yuqtirmoqda. Dunyo bo`yicha kasallikni o`ziga yuqtirgan insonlarning yarmidan ko`pini 15 yoshdan 24 yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etadi, shu jumladan, kasallikni o`ziga yuqtirganlarning yarmi – bu 15 yoshgacha bo`lgan bolalar, buning ustiga ularning ko`pchiligi onasi homiladorlik paytida, tug`ilish va ko`krak bilan boqish paytida virusni yuqtirganlar.
OITS infektsiyasi o`lkamizda ilk bor 1987 yilda aniqlangan. O`sha yili Respublika SPID diagnostika markazi tashkil qilingan. 1988 yilning oxiriga kelib barcha ma`muriy hududlarda SPID diagnostika laboratoriyalari ochilgan. OIV infektsiyasi bilan kasallangan birinchi o`zbekistonlik bemor 1989 yili aniqlangan bo`lsa, keyingi o`n yil davomida bu xastalikka chalingan 76 ta bemor qayd etilgan. Kasallik ko`rsatkichi yildan-yilga ortib borib, oxirgi yillarda infektsiyani yuqtirganlar soni o`rtacha bir yilda uch ming nafarga etdi.
OITS kasalligini yuqtirib olish xavfi bo`yicha aholining ayrim guruhi “xavfli gugruh” ga kiritiladi. Ushbu “xavfli gugruh”ga giyoxvandlar, notanish shaxslar bilan pala partish jinsiy aloqa qiluvchilar, jinsiy aloqa yo`li bilan yuqadigan kasalliklarga chalingan shaxslar kiradi.
Dunyoning ko`pgina davlatlarida OIV/OITS infektsiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun javobgarlik belgilangan. Ayrim davlatlarda buning uchun og`ir jazo tayinlanadi. Mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko`ra, bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kasallik qanday yuqadi?
- Jinsiy aloqa yo`li orqali ayoldan erkakga yoki erkakdan ayolga yuqadi.
- Parental yo`l orqal, ya`ni virus bilan zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, nosteril shpritslar va tibbiy asbob uskunalardan foydalanilganda yuqishi mumkin.
- Vertikal yo`l orqali, ya`ni OITS virusini tashuvchi onadan homilaga yoki chaqaloqqa tug`ruq jarayonida va tug`ilgandan so`ng ona suti orqali yuqishi mumkin.
Hozirgi davrda OITS kasalligi bilan kasallangan bemorlarni butunlay tuzalish imkoniyati yo`qligi sababli davolashning maqsadi bemorning umrini uzaytirishga va uning xayot kechirishini yaxshilashga qaratilgan bo`lishi lozish.
Do`stlar va opa singillar, bunday dahshatli kasallikka chalinmaslik uchun sog`lom xayot tarziga rioya qilaylik, o`zimizni va farzanlarimizni turli xastaliklardan ehtiyot qilaylik. Calomatligimizga bee`tibor bo`lmaylik.
“Ҳозирги кунда жаҳон бўйича 42 млн. киши ОИВ инфекциясига чалинган бўлса, ҳар йили уларнинг сафига яна 2 млн. 700 минг нафар киши қўшилади. Ўтган давр мобайнида қарийб 2 млн.га яқин одам бу касаллик оқибатида ҳаётдан кўз юмди. Ҳар минутда 11та одам ИИТВни ўзига юқтирмоқда.” – statistika daxshat,naxotki shunaka buvoti dunyoda,achinarli xolat (
xa juda kerakli malumotni oldin bu joydan,rahmat
RAHMAT KOTAKON JUDA KERAKLI MA’LUMITLARNI OLDIM
Biz bundan hursandmiz!
Kotta raxmat kerakli malumotlarga ega buldim yanada kengaytirish kerak raxmat.
Judayam kereli malumotla borkan man kopcili kere malumotlani wottan olaman yana kopro malumotla joylela raxmat kottakon
Mana shu ma’lumotlarni kegaytirib hammaga yetkazilsa OITSning oldini olish qisman bo’lsa ham mumkin bo’ladi.
Rahmat. O’zim uchun kerakli ma’lumotlardan oldim.
Xavfli gugruh haqida ham malumot berila
Malumotlar uchun raxmat
Zo’r rahmat
Raxmat yaxshi ma’lumotlar ekan zo””r
Katta rahmat do’stlar
Ishilaga rivoj bersin bu yoqdan juda kerakli malumotlarni oldim raxmat kotta
Salom venom! Katta rahmat sizga! Biz bilan qolasiz degan umiddamiz
Zor ma’lumotlar ekan raxmat
Raxmat ma’lumotlar uchun
Sizga rahmat nazli! Biz bilan qoling