2018-yilgi modadagi erkaklar ko’zoynaklari

2018-yilgi modadagi erkaklar ko’zoynaklari

Klassika, dam olish va ekostil – bu mavsumda erkaklar tanlovga ega.

1. Oltin klassik aviatorlar

“Beg’am poygachi” romantikligi va mustaqilligi hali ham modada. Shuning uchun, siz aviatorlarni tanlashda xato qilmaysiz. Muhim eslatma: bu mavsumda oltin ramka modada ekan. Agarda ramka va linzalar ham oltin bo’lsa, ekstramodali bo’lar ekan.

2. Yog’och yoki bambuk ramkalik ochki

Bugungi kunda, ekologik tarz  modadir. Ba’zilar haqiqiy daraxtdan qilingan ramkalarni tanlaydilar va ular uchun katta pul to’laydi. Agar siz kata mablag’ ishlatishga tayyor bo’lmasangiz va siz uchun quyoshdan himoya qilish muhim bo’lsa, unda o’zingizga yog’ochga o’xshatib yasalgan plastmassa ochkini tanlashingiz mumkin.

3. Yupqa ramkada dumaloq ko’zoynaklar

Bu turdagi ochikilar Jon Lennon va Leon davridan beri davom etayotgan klassikdir. Kichik yumaloq linzali ko’zoynaklar darhol insonga qat’iylik, mag’rurlik va ma’lum bir sirni beradi.

4. D-shaklidagi ko’zoynaklar

Yon tomonga tushib ketgan lotin harfi shaklidagi linzalar allaqachon bir necha yil oldin modaga aylangan edi, ammo hozir ular yana qaytib keldi. Mazkur ko’zoynaklar erkaklik, ishonchlilik, qat’iyatlilik, aminlik kabi fikrlarni tug’diradi.

5. Rangli linzalarga ega ko’zoynaklar

Ushbu ko’zoynaklarni taqsangiz, atrofdagi odamlar sizning ko’zlaringizni ko’rmaydi va atrofdagilar faqatgina ko’zgu sifatida ishlatishlari mumkin. Bu turdagi ko’zoynaklarni kayfiyatga qarab tanlash osondir. Masalan, issiq shahar kunida bir oz okean shabadasi kabi.

6. Chegarasiz aviatorlar

Ultrabinafsha va tashqi ko’rinishdan maksimal darajada himoya qiladi. Siz yarim tungacha uxlamaganingizni, yoki, aytaylik, ko’z yoshlarni olib tashlashga ulgurmagan bo’lsangiz, va atrofdagilar buni ko’rmasligini istasangiz, bu eng yaxshi usuldir.

7. Wayfarer

Ko’zoynaklarda 1960-yillar qaytib kelmoqda va afsonaviy Wayfarer modeli yana trendda. Ushbu ko’zoynak ultrabinafsha va changga qarshi mukammal ko’z muhofaza qilish imkonini beradi. Hullas, erkaklik va romantika biriktiriladi.

8. Clubmaster

Ushbu klub ko’zoynaklarni Wayfarer ning bir turi deb ham atash mumkin. Ular korinishidan juda o’xshash, biroq Clubmaster da pastki linzaning yarmida ramka yo’q. Ko’zoynakning katta qismi qoshga o’xshash va ular broulayner deyiladi.

9. Qo’shimcha metallik “qosh” ko’zoynaklari

Yengil metalga ega bo’lgan “monoqosh”, moda sharhlarida aytilganidek, jiddiy ko’rinish va elegantlik qiyofasini berar ekan. Hullas, shundaymi yoki yo’qmi, bu sizga bog’liq. Biroq, bu ko’zoynaklar haqiqiy ko’rinishga ega bo’lib, sizning shaxsingizni ta’kidlashi mumkin.

10. Navigator ko’zoynaklari

2018-yilning bahor-yoz mavsumining eng issiq trendlaridan biri, aviatorlar va D-shaklidagi ramkalik gibrid hisoblanadi. Mazkur turdagi ko’zoynaklarni o’tkazib yubormang.

11. Toshbaqa ramkasidagi ko’zoynaklar

Bu mavsumning eng zamonaviy rangidir! Ramka eng jiddiy ko’rinishni ulashadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social