Yoshlarimiz Rio-2016 yo`llanmasidan quruq qolishdi!(+video)

Yoshlarimiz Rio-2016 yo`llanmasidan quruq qolishdi!(+video)

U-23 yoshlarimiz Osiyo chempionati guruh bosqichi ikkinchi uchrashuvini Iroq futbolchilariga qarshi o`tkazishdi va 2:3 hisobida o`yinni boy berishdi. Ushbu uchrashuvdan keyin guruhdan keyingi bosqichga qaysi jamoalar chiqishi aniq bo`ldi. Keyingi bosqichga Janubiy Koreya va Iroq olimpiya jamoalari chiqishadi. Guruhdan qaysi jamoa birinchi va qaysi jamoa ikkinchi o`rinda chiqishiga jamoalar guruhdagi uchinchi uchrashuvda o`zaro bo`lib o`tadigan uchrashuvda oydinlik kiritishadi.

Yoshlarimiz esa guruhdagi so`ngi uchrashuvini Yaman yoshlariga qarshi o`tkazishadi. Afsuski ushbu o`yin natijasi qanday bo`lishiga qaramasdan olimpiya jamoamiz chempionatda keyingi bosqichga chiqaolishmaydi. Aytish mumkinki Yaman bilan kechadigan o`yin faqat rasmiyatchilik vazifasini o`tab beradi. Sababi o`yin natijasi qanday bo`lishiga qaramay, Yaman jamoasi ham keyingi bosqichga chiqaolishmaydi.

Uchrashuv o`ziga to`xtaladigan bo`lsak, aytish kerakki o`yin ancha ko`tarinki ruhda boshlandi. Uchrashuvni futbolchilarimiz tezkor gol bilan boshlashdi. Dostonbek Hamdamovning urgan goli jamoa ruhiga ancha ko`tarinki kayfiyat berdi. Deyarli birinchi bo`lim yarimigacha olimpiya jamoamiz o`yinda ustunlik qilib turishdi. Lekin birinchi bo`lim ikkinchi yarmida ustunlik Iroq futbolchilari tomon o`tdi va ular ko`zlagan natijasiga erishdi. Iroqliklarning uchrashuvning 37 va 43 daqiqalarida urgan gollari birinchi bo`lim 1:2 hisobida yakunlanishiga olib keldi.

Ikkinchi bo`limda futbolchilarimiz g`alabaga bo`lgan irodasini namoyish etishdi, hattoki gol ham urishga muvaffaq bo`lishdi. Bunga sabab olimpiya jamoamiz murabbiyi tomonidan amalga oshirilgan o`zgarishlar o`z samarasini berdi desak adashmaymiz. Doston Hamdamov o`rniga tushgan Temur Hakimov boshi bilan yo`llagan zarbasi gol bilan yakunlandi. Lekin bu urunishlar ham uchrashuvdagi durangni ushlab qolishga yordam bermadi. Himoyadagi palaparchish o`yin natijasida Iroqlik futbolchilar Abdumavlon Abdujalilov qo`riqlayotgan darvozasiga yana bitta gol urishga erishishdi. Himoyachilarimizning qo`pol hatosi o`z darvozamizga gol olib keldi.

Nima ham derdik. Olimpiada baxslarida futbol bo`yicha bo`lib o`tadigan baxslarda bizning ham jamoamiz ishtirok etishi, bizning ham madxiyamix yangrashini juda juda istagan edik.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Arena

    O’yin vobshe “0” . bir taktika na bir o’ziga ishonch yo’q. Huddi bog’cha bollarni bog’chapasi qo’rqitib o’yinga tushurvorgandek. Oyog’iga koptok tushsa dovdiraydi. Uchinchi golu vobshe sharmanda. O’yinig o’yna nima hakamga qaraysan. Esimni tanigandan beri shu o’zimizni futbolni yuragimni hovuchlab ko’raman. Eyyyyy.

  2. Rio

    Rioda ulaga non yo’q! daje borsa ham marojniy ham berishmaydi.

  3. Gol

    жамоамиз потенциали анча яхши бахоланётганди, нима булди билмади!!!! чукур уй фикрдаман. нахотки мани аклим етвотган нарсаларга уфф федерациясида утирган муттахамлани акли етмаяпти????

  4. Gol

    уфф га ишга чакиришса ойлик сурамийман, текинга ишлаб берардим, биринчи киладиган ишим уфф ни баранлардан тозалирдим, кейин МТЖ тренерларига утардим

  5. Rio

    Ёшларимиз Рио-2016 йўлланмасидан қуруқ қолишди! Бунга ўзлари сабабчи!!! Носни камроқ чакиб кўпроқ ўйнаш керакю

  6. Rio

    Gol men siz tomonda. Malades!!! Uff sizdek odamlarga muhjot. O’tda o’tirganlar futbolni “F” harfini ham tushunmidiganlar.

  7. D007

    Bolla bollada ayib yo’q. Hamma ayib………(bu safar kimni ayiblar ekan?) Nomzodlar bormi?

  8. Gol

    номзодлар хар дойим хам топилади, биринчиси бу ………… ….., тилим хам бормаяпти улани номини этишга

  9. Gol

    smile нос футболчиларимизга допинг вазифасини бажариб беради-ку

  10. Gol

    Миржалол роса хурсанд утиргандир smile

  11. Rio

    Manimcha bugungi o’yinda hammani kayfiyati yo’q. Lekin Mirjalol hozir hursandligidan, mag’lubiyatni nishonlash uchun restaranga ketgan bo’lsa kerak.

  12. erkin

    xotinim o’yin oldidan o’zbekiston yutqizadi degandi jaxlim chiqdi urushmoqchi bo’ldim lekin urushmadim o’ylasam to’g’ri ish qilibman sababi u to’g’risini gapiribdi nahot xotinim oldindan bilgan narsaga mani aqlim etishmagan

  13. Sodiq

    Erkin qarang, sizning hotiningiz futbolni uncha tushunmasa ham o’zbekiston yuqazishini oldindan bilgan. Hotinigiz aqli etgan narsaga Babayanni aqli etmaganini qarang.

  14. erkin

    mani vaziyatimda manimcha faqat man bumasam kere smile

  15. Комил

    Бугун футбол мухлисларини жахли чиққан кун. Шунинг учун УФФ дагилар силага текин маслахат. 3, 4 кун хеч кимни кўзига кўринмай туринглар.

  16. Javo

    Aslida bugun bollar yhaxshi o’ynadi. Faqat omad kelmadi xalos.

  17. Gol

    улани шундок хам хеч ким курмайди

  18. Комил

    Эээ Javo мободо сиз уфф да ишламайсизми?

  19. Dani

    Bu dumbullar 5 km ham yugura olmaydi. dedi Tohir Malik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social