2019-yilning birinchi “chellendji” paydo bo’ldi

2019-yilning birinchi “chellendji” paydo bo’ldi

2018-yilning oxirida qo’shiqchi Adele sahnadan ketayotganini e’lon qildi. U endi jonli ijroda kuylamaydi va konsert ham bermaydi. Buning sababi oddiy: Adele, o’z chiqishlarini qiziqarli emasligini tan oldi va u o’z hayotini 6 yoshli o’g’li Anjeloga bag’ishlashni xohlaydi. Ushbu bayonot muxlislarni hayratga soldi va g’alati, lekin bir oz qayg’uli “chellendj” paydo bo’ldi.

Qo’shiqchining bayonotidan so’ng, TikTok ijtimoiy tarmog’ida Haribo marmeladli ayiqcha sahna ustida turadi va Adelening “Senga o’xshagan bir kimsa” qo’shig’ini ijro etgan videorolik paydo bo’ldi. Keyinchalik kamera yon tomonga suriladi, u yerda 200 dan ortiq qo’shiqni kuylayotgan ayiqcha-muxlislar ko’rsatiladi. Ming marta gapirgandan ko’ra, bir marta ko’rgan afzalroqdir:

Original video 1.4 million layk yig’di va hashtag #haribochallenge ostidagi yilning birinchi “chelendji” bo’ldi. U butun dunyo bo’ylab foydalanuvchilar orasida mashxurlikka ko’tarildi va minglab parodiyalar uchun asos bo’lib xizmat qildi.

Yaqinda #haribochallenge #adelechallenge ga aylandi, bu safar instagramda katta mashxurlikka erishdi. Unda foydalanuvchilar pishiriqlar, tuxumlar va boshqa kutilmagan narsalar bilan videolar tayyorlashdi.

Biz ham bu qiziqarli narsadan chetda qolmadik. O’zbekistonda ushbu “chellendj” katta shon-sharafga ega bo’ldi va ko’pgina kompaniyalar, brendlar, kafelar va oddiy Internet foydalanuvchilari ushbu “chelendj”ni ommalashtirishga yordam berishdi.


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social